Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi, deb xabar qildi “Dunyo” AA.

Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Belizning BMTdagi doimiy vakili Karlos Fuller imzoladi.

белиз, diplomatik муносабат

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirdilar. Ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini aniqlash uchun o‘zaro aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shu tariqa, Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 5-mart kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Lixtenshteyn Knyazligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunike imzolangan edi.