Shavkat Mirziyoyev 29-fevral kuni Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari u yerda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar va mahallalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi, yangi obyekt va loyihalarni ishga tushirib beradi.

Urganch shahrida viloyatni rivojlantirish bo‘yicha yaqin istiqbolga mo‘ljallangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.