Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning 12−13-mart kunlari Kobulga tashrifi davomida ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, jumladan, iqtisodiy aloqalarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda vazirning Telegram kanalida xabar berildi.

Bu Baxtiyor Saidovning Tashqi ishlar vazirligi rahbari sifatida Afg‘onistonga ilk tashrifi hisoblanadi. Unga O‘zbekiston hukumati va xususiy sektorining boshqa vakillari hamrohlik qildi.

Muzokaralar chog‘ida o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi. Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratildi, deyiladi xabarda.

“Bizni boy va mushtarak tariximiz, umumiy an’analarimiz va kelajagimiz birlashtiradi. Birgalikda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan ko‘plab imkoniyatlar mavjud”, — deya ta’kidladi Baxtiyor Saidov.

Baxtiyor Saidova va Afg‘oniston bosh vaziri v.b. Mulla Muhammad Hasan OxundBaxtiyor Saidova va Afg‘oniston bosh vaziri v.b. Mulla Muhammad Hasan Oxund

Xususan, vazir mamlakatning bir qancha mansabdor shaxslari — bosh vazir v.b. Mulla Muhammad Hasan Oxund, bosh vazir o‘rinbosari v.b. Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy, bosh vazirning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari v.b. Mulla Abdul G‘ani Barodar, tashqi ishlar vaziri v.b. Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy, ichki ishlar vaziri v.b. Xalifa Sirojiddin Haqqoniy, savdo va sanoat vaziri v.b. Nuriddin Aziziy bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Baxtiyor Saidov va Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari v.b. Mavlaviy Abdul Salom HanafiyBaxtiyor Saidov va Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari v.b. Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy

Mulla Abdul G‘ani Barodar muzokaralarda Afg‘oniston “mintaqaviy aloqalarga ustuvor ahamiyat qaratuvchi iqtisodiy tashqi siyosatni” ilgari surayotganini ta’kidladi, deya xabar qildi uning matbuot xizmati.

Baxtiyor Saidov va Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri v.b. Mavlaviy Amir Xon MuttaqiyBaxtiyor Saidov va Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri v.b. Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy

O‘zbekiston bilan hamkorlik alohida ahamiyat kasb etishi qayd etilib, ikki mamlakat tranzitni oshirish, temiryo‘l tarmog‘ini kengaytirish, investitsiyani ko‘paytirish, transport va bojxona masalalarini hal etishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Mulla Abdul G‘ani Barodar suv va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan muloqotda Afg‘oniston shimolida qurilayotgan Qo‘shtepa kanalini “uzoq davom etgan mojarolar va beqarorlik to‘sqinlik qilgan afg‘on xalqining uzoq yillik orzusi” deya atadi.

U “[Amudaryo] daryodan boshqa davlatlar kabi adolatli foydalanishga chaqirdi” va “Islom Amirligi o‘rnatilganidan buyon qo‘shni davlatlarni tashvishga solmasdan kanal qurish progressi orqali afg‘onlar huquqlarini ta’minlanganini” ta’kidladi.

bахтиёр саидоv, тиv

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakat Afg‘oniston bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash tarafdori ekanini tasdiqladi. U O‘zbekistonga kanal va zamonaviy sug‘orish tizimlarini qurish loyihasi bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatishni taklif qildi, deyiladi xabarda.

Afg‘oniston TIV matbuot xizmati, shuningdek, vazirlar muzokaralarda savdo va tranzit masalalari, jumladan, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida ishbilarmonlar va transport xodimlariga vizalar berishni soddalashtirish masalalariga ham to‘xtalganini bildirdi.

Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy O‘zbekistondan import qilinadigan elektr energiyasi taqchilligi masalasini ko‘tarib, qishda bu oddiy aholiga ham, iqtisodiyot tarmoqlariga ham ta’sir qilishini ta’kidladi.

Baxtiyor Saidov O‘zbekiston doimo Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlab kelganini aytib, uni Markaziy Osiyo va xalqaro hamjamiyatning bir qismi sifatida ko‘rishga chaqirdi.

Shuningdek, Afg‘onistonda sement ishlab chiqarish, ko‘mir qazib olish va ko‘mir asosida elektr energiyasi ishlab chiqarish sohalariga sarmoya kiritishga qiziqish borligini ta’kidladi.

Fevral oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ishtirokida Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari boshlangani xabar qilingandi.

Mart oyi boshida Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati O‘zbekiston tomoni Termiz shahridagi xalqaro savdo markazida ishlayotgan afg‘onistonlik ishbilarmonlar uchun 15 kunlik (hozir bu muddat 10 kun) vizasiz rejim joriy etish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.