28-fevral kuni O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Qadambay Sultonov diplomatik missiyasini yakunlab, Toshkentga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Elchi O‘zbekistonga qaytishdan avval Latviya Tashqi ishlar vazirligi protokoli rahbari Raymonds Yansons, Litva TIV departamenti direktori Darius Latkausuas va Estoniya TIV bosh kotibi Yonatan Vseviov bilan so‘nggi uchrashuvlarini o‘tkazgan.

Muloqotlar chog‘ida elchining ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi samarali faoliyati yuqori baholangan.

Ma’lumot uchun, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan 47 yoshli Qadambay Sultonov 2019—2024 O‘zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari, 2021−2024-yillarda Litvadagi, 2020−2024-yillarda o‘rindoshlik asosida Estoniya va Finlyandiyadagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.