Siyosat

Uchtepa hokimi Texnologik metallar kombinati raisi bo‘ldi
11 iyul 2024, 14:41

Uchtepa hokimi Texnologik metallar kombinati raisi bo‘ldi

2019-yildan buyon poytaxtning Uchtepa tumani hokimligini boshqarib kelgan Farxod Abdullayev “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” boshqaruv raisi bo‘ldi. Tumanni birinchi o‘rinbosar Jamshid Alimjonov vaqtincha boshqarib turadi.

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga boradi
11 iyul 2024, 10:38

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga boradi

Prezident payshanba kuni Farg‘ona viloyatiga borib, yirik loyihalarga start beradi. Viloyatni rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkaziladi.

Jizzaxda 10 ta tuman hokimining raqobatga zid qarorlari bekor qilindi
10 iyul 2024, 22:39

Jizzaxda 10 ta tuman hokimining raqobatga zid qarorlari bekor qilindi

Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi o‘tkazgan tekshiruvda 10 ta tuman hokimligi va 9 ta tashkilotning 124 ta hujjatida qonun talablari buzilgani aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan hokimliklarga tegishli taqdimnoma va ko‘rsatmalar yuborilib, imzolangan qarorlar bekor qilindi.

Buxoro shahri sobiq hokimi viloyat ekoboshqarmasiga boshliq bo‘ldi
10 iyul 2024, 09:36

Buxoro shahri sobiq hokimi viloyat ekoboshqarmasiga boshliq bo‘ldi

Jamol Nosirov Buxoro viloyati ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Buxoro shahriga 3 yil hokimlik qilgan Nosirov may oyida sog‘lig‘i yomonlashgani uchun ishdan ketgandi.

O‘zbekiston XMT bilan yangi dastur ishlab chiqadi
9 iyul 2024, 18:03

O‘zbekiston XMT bilan yangi dastur ishlab chiqadi

O‘zbekiston prezidenti Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan yangi mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.

Hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi taqiqlanmoqda
9 iyul 2024, 12:43

Hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi taqiqlanmoqda

Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Senatning 54-yalpi majlisi 10-iyulda bo‘ladi
8 iyul 2024, 20:45

Senatning 54-yalpi majlisi 10-iyulda bo‘ladi

Senatning 54-yalpi majlisi 10-iyul kuni chaqiriladi. Senatorlar Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish, Turkmaniston va Turkiya bilan tuzilgan bitimlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ko‘rib chiqadi. Shuningdek, ekologiya sohasiga oid parlament so‘rovi natijalari tinglanadi.

Prezident Xitoy parlamenti rahbarini qabul qildi
8 iyul 2024, 19:18

Prezident Xitoy parlamenti rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev va Xitoy parlamenti rahbari Chjao Letszi Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda XXR O‘zbekistonning islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashi, mamlakatlarning ta’lim sohasidagi hamkorligi kabi masalalarni muhokama qildi.

Andijon viloyati SSBga yangi rahbar tayinlandi
8 iyul 2024, 14:22

Andijon viloyati SSBga yangi rahbar tayinlandi

Shohruxmirzo Mamajonov Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u SSV Fan-ta’lim va innovatsiyalar boshqarmasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Shavkat Mirziyoyev Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi
6 iyul 2024, 17:17

Shavkat Mirziyoyev Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston rahbari Ozarbayjonda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi. Unda Shavkat Mirziyoyev savdo va transport yo‘llarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi hamda muqobil energetika bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Falastin va Afg‘oniston muammolariga yana bir bor e’tibor qaratdi.

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni Eron prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi
6 iyul 2024, 11:44

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni Eron prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Erondagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Mas’ud Pezeshkiyonni tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.

Siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish ko‘paytiriladi
5 iyul 2024, 21:12

Siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish ko‘paytiriladi

Prezident siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Deputat va senatorlar uchun yangi talab va jazolar joriy etilmoqda
5 iyul 2024, 20:45

Deputat va senatorlar uchun yangi talab va jazolar joriy etilmoqda

Prezident deputat va senatorlar uchun yangi majburiyat va jazo choralarini joriy etish to‘g‘risidagi o‘zgartishlarni imzoladi. Ular yig‘ilishlarda yiliga 29 kundan ko‘p qatnashmasa, boshqa davlat fuqaroligini olsa, vakolatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Etika qoidalarini buzishsa, maoshlaridan ham ushlab qolinishi mumkin.

O‘zbekistonda xorijiy siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi
5 iyul 2024, 12:02

O‘zbekistonda xorijiy siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi

“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunga O‘zbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari va bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyatini taqiqlovchi qo‘shimcha kiritildi.

Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori etib tayinlandi
5 iyul 2024, 10:58

Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori etib tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi
5 iyul 2024, 08:07

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shushada bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun 5−6-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi.

O‘zbekiston ShHT makonida savdo-iqtisodiy hamkorlikni “qayta ishga tushirish”ni taklif qildi
4 iyul 2024, 20:10

O‘zbekiston ShHT makonida savdo-iqtisodiy hamkorlikni “qayta ishga tushirish"ni taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti “ShHT plyus” formatidagi yig‘ilishda nutq so‘zladi. U ShHT makonida savdo-iqtisodiy hamkorlikni qayta ishga tushirish va iqlim sohasidagi hamkorlikni tashkilot yangi kun tartibining eng muhim qismiga aylantirishni taklif qildi.

“Kobul bilan muloqotni saqlash butun mintaqa manfaatlariga mos. Tobora ko‘proq davlatlar buni tushunib yetmoqda” — O‘zbekiston prezidenti
4 iyul 2024, 15:00

“Kobul bilan muloqotni saqlash butun mintaqa manfaatlariga mos. Tobora ko‘proq davlatlar buni tushunib yetmoqda” — O‘zbekiston prezidenti

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitidagi nutqida “Yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik” kodeksi, ijtimoiy rivojlanish va himoya sohasida hamkorlikning “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, savdoni soddalashtirish bitimini ishlab chiqishni taklif qildi. “SHHT-Afg‘oniston” muloqotini tiklash muhimligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi
4 iyul 2024, 11:52

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Hindistonda diniy yig‘indagi tiqilinch oqibatida 120 dan ortiq odam halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 95 tonna insonparvarlik yordamini yubordi
4 iyul 2024, 10:35

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 95 tonna insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan O‘sh viloyati uchun 95 tonnali insonparvarlik yordamini yubordi. Uning tarkibida un, o‘simlik moyi, shakar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar bor. Sel oqibatida hududda bir necha kishi vafot etgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting