Musurmankul Abdumannonovich Xatamov Sirdaryo tumani hokimi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zA. U shu vaqtgacha mazkur lavozimda ishlab kelgan Botirjon Mirzaqulovning o‘rnini egalladi.

Musurmankul Xatamov 1986-yili Xovos tumanida tug‘ilgan. 2010-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan.

U faoliyati davomida Boyovut tumani, Shirin shahri va Oqoltin tumanida soliq organlarida turli lavozimlarda ishlagan. So‘nggi tayinlovga qadar Boyovut tumani “Ijodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi vazifasida faoliyat yuritgan.

Nomzod Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etildi.