13-mart kuni O‘zbekistonning Latviyaga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Timur Rahmonov Rigaga bori, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Qayd etilishicha, 46 yoshli diplomat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi faoliyatini 1999-yilda boshlagan.

O‘tgan yillar davomida u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning Polsha, Italiya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishladi. 2017−2018-yillarda esa TIVning Urganch shahri hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Timur Rahmonov 2021—2024-yillarda O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsul lavozimida ishlagan. Uning konsullik okrugiga Rossiyaning Sibir federal okrugi kirgan.

U O‘zbekistonning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019−2024) hamda Litva (2021−2024), Estoniya (2020−2024) va Finlyandiyadagi (2020−2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi sifatida ishlagan Qadamboy Sultonov o‘rniga tayinlandi.