Siyosat

O‘zbekiston Suriyaga insonparvarlik yordami yubordi
21 fevral 2023, 14:02

O‘zbekiston Suriyaga insonparvarlik yordami yubordi

O‘zbekiston Suriyaning zilziladan jabr ko‘rgan aholisi uchun 50 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi.

Poytaxtda 7 ta viloyat hokimliklariga mehmonxona qurish uchun yer ajratiladi
21 fevral 2023, 12:14

Poytaxtda 7 ta viloyat hokimliklariga mehmonxona qurish uchun yer ajratiladi

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov 7 ta viloyat hokimliklariga mehmonxona qurish uchun yer ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga o‘rinbosarlar, turli tashkilotlarga rahbarlar tayinlandi
20 fevral 2023, 22:10

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga o‘rinbosarlar, turli tashkilotlarga rahbarlar tayinlandi

Prezident O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosarlarini, shuningdek, vazirlik huzuridagi idoralar rahbarlarini tayinladi.

O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
20 fevral 2023, 21:48

O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident Ilhom Norqulov, Erkin Rustamov, Adiz Boboyev, Anvar Karimov, Dilshod Sultanov va Gulnora Raximovani O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziriga o‘rinbosar etib tayinladi. Omonullo Nasritdinxodjayev, Odilbek Isoqov va yana bir qancha rahbarlar moliya vaziri o‘rinbosarlari lavozimlarini tark etishdi.

Shavkat Mirziyoyev Misrga boradi
19 fevral 2023, 16:57

Shavkat Mirziyoyev Misrga boradi

Shavkat Mirziyoyev 20−21 fevral kunlari Misr Arab Respublikasida bo‘ladi. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohalarida hamkorlik masalalari o‘rin olgan.

O‘zbekiston TIV rahbari zilziladan jabr ko‘rgan Xatay viloyatiga tashrif buyurdi
18 fevral 2023, 21:10

O‘zbekiston TIV rahbari zilziladan jabr ko‘rgan Xatay viloyatiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v. b. Baxtiyor Saidov Turkiyaning zilziladan jabr ko‘rgan, etnik o‘zbeklar istiqomat qiladigan Ovakent qishlog‘iga tashrif buyurdi. U Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li bilan ham uchrashdi.

Navruz Group uy-joylarni sotib olish bo‘yicha keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlarni taklif qiladi
18 fevral 2023, 15:00

Navruz Group uy-joylarni sotib olish bo‘yicha keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlarni taklif qiladi

Hozirda Navruz turar-joy majmuasida joylashgan xonadonlarni qulay shartlarda xarid qilish mumkin.

Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi
17 fevral 2023, 21:14 1

Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

AQSh prezidenti O‘zbekiston prezidentiga yo‘llagan maktubida AQSh uchun O‘zbekiston bilan iqtisodiyot va energetika sohalarida aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mamlakat siyosiy tizimini modernizatsiya va isloh qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa hisoblanishini ta’kidladi.

Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Yunusobod tumanlari hokimlariga hayfsan berildi
17 fevral 2023, 16:42

Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Yunusobod tumanlari hokimlariga hayfsan berildi

Poytaxt hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Yunusobod hokimlariga hayfsan berdi. Bunga Shavkatbek Irgashev, Farxod Abdullayev va Boxadir Abduvaliyevlarning qishga tayyorgarlik va uni betalafot o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmagani, aholi bilan muloqot qilmagani sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar
16 fevral 2023, 23:32

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda hamkorlikni rivojlantirish va «har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash» masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston Turkiya bilan mahkumlarni topshirish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi
16 fevral 2023, 14:45

O‘zbekiston Turkiya bilan mahkumlarni topshirish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida mahkumlarni topshirish bo‘yicha hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Afg‘oniston Mozori Sharifda vayron bo‘lgan Navoiy yodgorligini tiklash choralarini ko‘radi — O‘zbekiston TIV
16 fevral 2023, 14:29

Afg‘oniston Mozori Sharifda vayron bo‘lgan Navoiy yodgorligini tiklash choralarini ko‘radi — O‘zbekiston TIV

O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda Alisher Navoiy yodgorliklari vayron qilinganiga munosabat bildirdi. Afg‘oniston tomoni bilan bog‘langan vazirlik bu vandalizm «noma’lum shaxslarning o‘zboshimchalik va o‘ylamasdan qilgan harakati» ekanini bildirib, yodgorliklarni tiklash choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi
16 fevral 2023, 12:55

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi

Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan mahkumlarni alishish bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hozirda Qozog‘istonda 486 nafar o‘zbekistonlik qamoqda saqlanayotgani aytildi. O‘zbekistonda esa 20 nafar qozog‘istonlik mahkum bor.

Xorazmning ikki tumaniga hokimlar tayinlandi
16 fevral 2023, 10:25

Xorazmning ikki tumaniga hokimlar tayinlandi

Zafar Abdrimov Hazorasp tumaniga hokim etib tasdiqlandi. Shuningdek, avval Urganch tumani prokurori bo‘lgan Ruslan Jumaniyazov Yangibozor tumaniga hokim bo‘ldi.

Sobiq AKT vaziri bosh vazir kotibiyati rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
15 fevral 2023, 13:05

Sobiq AKT vaziri bosh vazir kotibiyati rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi

Abdurashid Jo‘raboyev rahbarlik qilayotgan bosh vazir kotibiyatiga sobiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov o‘rinbosar bo‘ldi. 2021 yil noyabrda u Telegram va boshqa internet tarmoqlarining O‘zbekistondagi faoliyati cheklangani ortidan lavozimidan ozod etilgandi.

Shavkat Mirziyoyev BMT vakili Natalya Germanni qabul qildi
14 fevral 2023, 18:13

Shavkat Mirziyoyev BMT vakili Natalya Germanni qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari lavozimidagi missiyasini yakunlayotgan Natalya Germanni qabul qildi.

Qoraqalpog‘iston investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga Azamat Oteuliyev tayinlandi
14 fevral 2023, 17:36

Qoraqalpog‘iston investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga Azamat Oteuliyev tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga Oteuliyev Azamat Abilkasimovich tayinlandi.

O‘zbekiston barcha neft va gaz konlarini Rossiyaga bermagan — energetika vaziri
14 fevral 2023, 11:21

O‘zbekiston barcha neft va gaz konlarini Rossiyaga bermagan — energetika vaziri

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston barcha gaz va neftga oid eksklyuziv huquqni Rossiyaga qarashli kompaniyaga 35 yilga bergani haqidagi ma’lumotni rad etdi. «Ekspluatatsiyada bo‘lgan konlarning asosiy qismi «O‘zbekneftgaz»ga tegishli», — dedi u.

Senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi
14 fevral 2023, 10:25

Senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi

Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi. U 2017−2020-yillarda O‘zbekiston madaniyat vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston energetika vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
14 fevral 2023, 09:26

O‘zbekiston energetika vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston hukumati departamentini boshqargan Akmal Jumanazarov energetika vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting