Azamat Oteuliyev Abilkasimovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu xaqida Vazirlar Kengashi axborot xizmati xabar berdi.

Bunga qadar u O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2023 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda hukumatga bo‘ysunuvchi mustaqil ijro etuvchi hokimiyat organlari soni 61 tadan 28 taga qisqartirilgandi. Investitsiya va tashqi savdo vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi sifatida qayta tashkil qilingan edi. Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi axborot xizmati rahbari Bektursin Xojanovning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, Qoraqalpog‘istonda bu vazirlik nomi hali o‘zgarmagan.