O‘zbekistonda bosh vazir kotibiyati tashkil etilib, unga Abdurashid Abduvohidovich Jo‘raboyev rahbar bo‘ldi. Hukumat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unga sobiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Muxamadjanovich Sadikov o‘rinbosarlik qiladi.

Shuxrat Sadikov 2018 yilning avgustidan 2021 yilning noyabrigacha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimida ishlagan. U prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Telegram va boshqa bir qator ommabop internet platformalari, jumladan, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini cheklab qo‘yganidan so‘ng ushbu lavozimdan ozod etilgandi. Shaxsiy ma’lumotlar subyektlarining huquqlarini buzuvchilar reyestriga kiritilgan ushbu xizmatlar («Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonun talabiga ko‘ra) mamlakatda taxminan uch soat davomida ishlamagan.

Shu bilan birga, «O‘zkomnazorat» davlat inspeksiyasi rahbari G‘olibsher Ziyayev va bosh vazirning axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi Olimjon Umarov o‘z lavozimlaridan mahrum etilgan.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov «bo‘lib o‘tgan voqeada aybdor bo‘lgan barcha mas’ul rahbarlarga tegishli javobgarlik choralari ko‘riladi», deya ta’kidlagandi.