Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “Yuksalish” harakati.

Baxtiyor Sayfullayev 1951-yil 1-aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-yildan Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2012-yildan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimida ishlay boshlagan, 2017-yil avgustida esa Madaniyat vazirligiga rahbar etib tayinlangandi.

2020-yilning 18-yanvarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan senator etib tayinlangan, 20-yanvar kuni yangi tarkibdagi Senatning ilk yalpi majlisida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangandi.

U professor ilmiy darajasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at arbobi unvonlari bilan mukofotlangan.