Xorazm viloyatining 2 ta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qaror qabul qilindi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Hazorasp tumaniga shu paytgacha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati vazifasida ishlab kelgan Zafar Abdrimov hokim lavozimiga tasdiqlandi.

хоразм viloyati, yangiбозор tumani, ҳазорасп tumani, hokim

Zafar Abdrimov. Foto: Xorazm viloyati hokimligi

Viloyatning Yangibozor tumaniga Ruslan Jumaniyazov hokim bo‘ldi. U bungacha Urganch tumani prokurori bo‘lib ishlab kelayotgandi. U boshqa ishga o‘tishi sabab ishdan olingan O‘ktam Kurbonovning o‘rnini egalladi.

хоразм viloyati, yangiбозор tumani, ҳазорасп tumani, hokim

Ruslan Jumaniyazov. Foto: Xorazm viloyati hokimligi