O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Akmal Jumanazarov energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Akmal Jumanazarov elektr energetikasi va ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha energetika vazirining o‘rinbosari hisoblanadi.

Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentining boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Yanvar oyi o‘rtalarida energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev mamlakatdagi energetika inqirozi tufayli o‘z lavozimidan ozod etilgandi.