Siyosat

Baxtiyor Rahmonov poytaxtning Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi
28 yanvar 2023, 09:22

Baxtiyor Rahmonov poytaxtning Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ini ishdan bo‘shatdi

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimligida kadrlar almashinuvini davom ettirmoqda. U o‘z xohishiga ko‘ra lavozimdan ketishni so‘ragan Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Umarovni ishdan bo‘shatdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi
27 yanvar 2023, 15:33

O‘zbekiston va Qirg‘iziston strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi Deklaratsiyani imzoladi. Qolaversa, davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari almashildi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatdi
27 yanvar 2023, 14:21

Jahongir Ortiqxo‘jayev deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatdi

Toshkent shahar Kengashi poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.

«Qirg‘iziston — eng yaqin qo‘shni va vaqt sinovidan o‘tgan do‘st» — Shavkat Mirziyoyev
27 yanvar 2023, 13:33

«Qirg‘iziston — eng yaqin qo‘shni va vaqt sinovidan o‘tgan do‘st» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Bishkekdagi uchrashuvda o‘zbek-qirg‘iz chegarasi delimitatsiyasi yakunlanganini tarixiy voqea deb atadi. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida siyosiy qarama-qarshilik hamda muammoli masalalar yo‘qligi ta’kidlandi.

Toshkent hokimi v. b. «Yagona buyurtmachi xizmati» rahbarini almashtirdi
26 yanvar 2023, 22:40

Toshkent hokimi v. b. «Yagona buyurtmachi xizmati» rahbarini almashtirdi

Yaqinda tayinlangan Toshkent hokimi v. b. Baxtiyor Rahmonov poytaxt hokimligida kadrlar almashinuvini davom ettirmoqda. U budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishiga buyurtmachi vazifasini bajaruvchi «Yagona buyurtmachi xizmati» rahbarini ham almashtirdi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyurdi
26 yanvar 2023, 17:47

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyurdi

Prezident rafiqasi bilan birga Bishkekka bordi. Aeroportda mehmonlarni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi. Tashrifning asosiy tadbirlari 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Surxondaryoda bir kunda 13 nafar hokim almashdi
26 yanvar 2023, 08:15

Surxondaryoda bir kunda 13 nafar hokim almashdi

Surxondaryoning 13 ta tumanida xalq deputatlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida yangi hokimlar tasdiqlandi. Sessiyalarda viloyat hokimi v. b. Ulug‘bek Kosimov va O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

«Suverenitetimizga qandaydir tahdid yo‘q» — Energetika vazirligi «Gazprom» bilan imzolagan «yo‘l xaritasi» haqida
25 yanvar 2023, 16:28

«Suverenitetimizga qandaydir tahdid yo‘q» — Energetika vazirligi «Gazprom» bilan imzolagan «yo‘l xaritasi» haqida

O‘zbekiston Energetika vazirligi Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi bilan gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha imzolagan «yo‘l xaritasi» bo‘yicha tushuntirish berdi. «Bunda gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yo‘q», — deyiladi xabarda.

Surxondaryoning 6 ta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi
25 yanvar 2023, 12:44

Surxondaryoning 6 ta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Angor tumaniga Qosim Mardonov, Termiz tumaniga Shuxrat Nazarov, Jarqo‘rg‘on tumaniga Elmurod Avazov, Muzrabot tumaniga Abdurashid Ismailov, Sho‘rchi tumaniga Ulug‘bek Zokirov va Sariosiyo tumaniga Abduqodir Donayev hokim etib tayinlandi.

O‘zbekistonda vazirlik va idoralar xodimlarining cheklangan soni 56 573 nafar etib belgilandi
25 yanvar 2023, 11:47

O‘zbekistonda vazirlik va idoralar xodimlarining cheklangan soni 56 573 nafar etib belgilandi

Prezident farmoni bilan vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy soni 56 573 nafar etib cheklandi. Hukumatga bo‘ysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni esa jami 26 ta etib belgilandi.

Prezident davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi
24 yanvar 2023, 12:26

Prezident davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev 26−27 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan hijobli prezident. Singapur rahbariga aylangan ilk ayol — Halima Yaqub hikoyasi
23 yanvar 2023, 19:05

Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan hijobli prezident. Singapur rahbariga aylangan ilk ayol — Halima Yaqub hikoyasi

Dunyodagi eng boy, biznes, yashash, o‘qish uchun qulay, korrupsiyadan xoli va “bog‘ ichidagi shahar” tamoyiliga qat’iy rioya etuvchi mamlakatlardan biri Singapurni bugun ayol prezident — Halima Yaqub boshqaradi. Uning asosiy maqsadi — boshqalar qilolmaydigan ishni singapurliklar qilsin.

O‘zbekistonda 250 ta mikro GES qurilishi rejalashtirilmoqda
19 yanvar 2023, 22:21

O‘zbekistonda 250 ta mikro GES qurilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda mikro GESlar qurish uchun 250 ta istiqbolli uchastka aniqlandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ular yiliga 675 mln kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. GESlar yonida gibrid GESlar qurish rejalashtirilmoqda.

Jahongir Ortiqxo‘jayev deputat va senatorlik daxlsizligini saqlab qolmoqda
19 yanvar 2023, 22:03

Jahongir Ortiqxo‘jayev deputat va senatorlik daxlsizligini saqlab qolmoqda

Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt hokimligidan ketganidan so‘ng unga daxlsizlik huquqini beruvchi kengash deputati va senatorlik lavozimlarini saqlab qolmoqda. Xususan, u Senat va Kengashning roziligisiz javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.

«Hududgaz Toshkent»ning sobiq rahbari garov evaziga ozod qilindi
18 yanvar 2023, 21:07

«Hududgaz Toshkent»ning sobiq rahbari garov evaziga ozod qilindi

Sud «Hududgaz Toshkent» korxonasining sobiq direktori Muzaffar Aliyevni garov evaziga ozod qildi. U dekabr oyida O‘zbekistondagi energetika inqirozi vaqtida hibsga olingan edi.

Poytaxt kengashi Jahongir Ortiqxo‘jayevga minnatdorchilik bildirdi
17 yanvar 2023, 18:41

Poytaxt kengashi Jahongir Ortiqxo‘jayevga minnatdorchilik bildirdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Kengashning sobiq rahbari, ishdan olingan poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga shahar rivojiga qo‘shgan hissasi va yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Keyinroq esa xabar o‘chirib tashlandi.

Toshkent hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev yordamchisini ishdan bo‘shatdi
17 yanvar 2023, 18:22

Toshkent hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev yordamchisini ishdan bo‘shatdi

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevning yordamchisi bo‘lib ishlagan Muzaffar Abdurahmonov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 6 ta yo‘nalishda hamkorlikka kelishib olindi
17 yanvar 2023, 12:51

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 6 ta yo‘nalishda hamkorlikka kelishib olindi

Shavkat Mirziyoyev Singapur rahbariyati bilan uchrashdi. Davlat boshqaruvi uchun kadrlar tayyorlash, investitsiyalar, «yashil» texnologiyalarni jalb qilish, shaharsozlik va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, yangi orxideya turiga O‘zbekiston prezidenti nomi berildi.

Buxoro va Xorazm viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
16 yanvar 2023, 16:15

Buxoro va Xorazm viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamshid Tursunov Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘ribosari bo‘ldi. O‘ktam Masharipov esa Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Toshkent viloyatining Piskent tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekistondan uchib ketishga uringanida to‘xtatib qolingani aytilmoqda
16 yanvar 2023, 15:31

Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekistondan uchib ketishga uringanida to‘xtatib qolingani aytilmoqda

Poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev oilasi bilan Turkiyaga uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtda Toshkent aeroportida to‘xtatib qolingan bo‘lishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting