O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov shanba kuni Turkiyaning 6 fevral kungi zilzidan jabr ko‘rgan Xatay viloyatining Ovakent qishlog‘iga tashrif buyurdi.

Mazkur qishloqda 10 mingdan ortiq etnik o‘zbeklar istiqomat qiladi. Bu yerda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari turkiyalik hamkasblari bilan birgalikda ish olib bormoqda, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi esa ko‘chma gospital o‘rnatgan.

бахтиёр саидов, мевлuт чавuшўғлu, тuркиядаги зилзила

Baxtiyor Saidov mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash uchun viloyatga kelgan vatandoshlarga minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, u Gaziantepda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li bilan uchrashib, qurbonlar soni 40 mingga yaqinlashganligi munosabati bilan unga hamdardlik bildirdi.

бахтиёр саидов, мевлuт чавuшўғлu, тuркиядаги зилзила

10000 dan ortiq etnik o‘zbeklar yashaydigan Ovakent mahallasida bo‘ldim. Mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash uchun dunyoning turli burchaklaridan bu yerga kelgan barcha vatandoshlarimizdan minnatdormiz. Mudofaa vazirligi ko‘chma gospitali 2000ga yaqin jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatdi, FVV xodimlari esa vayronalar ostidan 30 dan ortiq odamni qutqarib oldi.

«Ushbu tabiiy ofat oqibatlari barchamizning qalblarimizni chuqur yaraladi. Bu og‘ir paytlarda biz Turkiya bilan birgamiz», — deb yozdi u.

Hozirga qadar O‘zbekiston Turkiyaga bir necha samolyotda umumiy og‘irligi 270 tonna bo‘lgan insonparvarlik yordamini jo‘natdi.

бахтиёр саидов, мевлuт чавuшўғлu, тuркиядаги зилзила

Mudofaa vazirligi ko‘chma gospitali 2000ga yaqin jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatdi, FVV xodimlari esa vayronalar ostidan 30 dan ortiq odamni qutqarib oldi.