21 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Suriyaning zilziladan jabr ko‘rgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, 50 tonnaga yaqin yuborilayotgan insonparvarlik yordami yuki ro‘yxatiga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, chidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar bo‘tqasi, ko‘rpa-to‘shak va yostiqlar, gigiyenik vositalar to‘plami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.

нсонпарvaрлик yordami, сурия

Insonparvarlik yuki yordami ko‘rinishidagi hayotiy zarur vosita va mahsulotlarni samolyot orqali O‘zbekistondan Suriyaga Favqulodda vaziyatlar, Transport vazirliklarining mas’ul xodimlari yetkazib beradi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyadagi zilzilalardan jabrlanganlarga hukumat, tadbirkorlar va O‘zbekiston aholisi tomonidan 170 tonna insonparvarlik yordami yig‘ilib, ular 6 ta yuk samolyoti va 7 ta yuk mashinasida mamlakatning turli hududlariga yetkazilgandi.

Shuningdek, Toshkentdagi «Texnopark» majmuasida zilziladan jabr ko‘rgan Turkiya aholisiga insonparvarlik yordami yig‘ilayotgani xabar qilingan. Bu yerga issiq kiyim-kechak, oziq-ovqat, birlamchi ehtiyoj buyumlari, poverbanklar, tok generatorlari keltirilgan.