O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari lavozimidagi missiyasini yakunlayotgan Natalya Germanni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, davlat rahbari Markaziy Osiyoda konstruktiv muloqot va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalarida BMTning Mintaqaviy markazi va boshqa tuzilmalari bilan samarali hamkorlik qilinayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etgan.

бмт, шавкат мирзиёев, наталья герман

Natalya German O‘zbekiston prezidentiga mintaqada do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ishonch muhitini mustahkamlash, amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilgan muhim tashabbuslari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

BMTning yuqori darajali vakili o‘zining yangi — Birlashgan Millatlar Xavfsizlik kengashining Terrorizmga qarshi kurashish qo‘mitasi Ijroiya tuzilmasi rahbari lavozimida O‘zbekiston bilan mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi yaqin hamkorlik bundan buyon ham davom etishiga ko‘maklashishini ta’kidladi.