Siyosat

Prezident saylovida ovoz berish jarayonlari suratlarda
9 iyul 2023, 15:44

Prezident saylovida ovoz berish jarayonlari suratlarda

Plombalangan saylov qutilari, davlat madhiyasi yangrashi, bir necha pasport ko‘tarib olgan fuqaro, oilaviy ovoz berishga kelganlar, prezidentlikka nomzodlarning ishtiroki — “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtdagi saylov uchastkalaridan fotoreportaj tayyorladi.

Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi boshlandi
9 iyul 2023, 08:48

Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi boshlandi

O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidentlik saylovi boshlandi.

Antikorrupsiya agentligi rahbari unga 1,5 mln dollarlik uy sovg‘a qilingani haqidagi xabarni rad etdi
6 iyul 2023, 15:54

Antikorrupsiya agentligi rahbari unga 1,5 mln dollarlik uy sovg‘a qilingani haqidagi xabarni rad etdi

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov qaynotasi unga 1,5 mln dollarga uy olib bergani haqidagi xabarni yolg‘on deb atadi. “[Bu haqdagi xabarni] qaynotamga yuborib qo‘ydim”, — deya hazil qildi u Twitter`da.

Urganch shahrining sobiq hokimi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
6 iyul 2023, 09:49

Urganch shahrining sobiq hokimi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Urganch shahrining sobiq hokimi Shuhrat Abdullayev mansab soxtakorligi va yer berish tartibini buzish bilan aybdor deb topilib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

So‘rovnoma: Odamlar bo‘lajak prezidentdan nimalar kutyapti?
5 iyul 2023, 20:45

So‘rovnoma: Odamlar bo‘lajak prezidentdan nimalar kutyapti?

Prezidentlikka nomzodlarni taniysizmi? Nomzodlarning saylovoldi dasturi bilan tanishib chiqdingizmi? Bo‘lajak prezidentdan nimalar kutayapsiz? “Gazeta.uz” shu va boshqa savollar bilan Toshkent aholisiga mikrofon tutdi. Video.

“Yangiariq” poligonida qozog‘istonlik harbiylar ishtirokidagi o‘quv kursi yakunlandi
5 iyul 2023, 16:24

“Yangiariq” poligonida qozog‘istonlik harbiylar ishtirokidagi o‘quv kursi yakunlandi

Qozog‘istonlik harbiy mutaxassislar Xorazm viloyatidagi “Yangiariq” umumqo‘shin poligoni bazasida joylashgan o‘quv markazida tajriba almashdi. Ikki davlat harbiylari suvli to‘siqlardan o‘tish, jangovar qurollarni qo‘llash, yaradorlarni jang maydonidan olib chiqish, tibbiy yordam ko‘rsatish kabilarni mashq qildi.

Ukraina elchixonasi — urushni qo‘llab-quvvatlovchi rus san’atkorlarining O‘zbekistondagi konsertlari haqida
5 iyul 2023, 14:38

Ukraina elchixonasi — urushni qo‘llab-quvvatlovchi rus san’atkorlarining O‘zbekistondagi konsertlari haqida

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedovning Grigoriy Lepsning konserti haqidagi intervyusi bo‘yicha bayonot berdi. Diplomatik missiya bunday gastrollarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston imijiga tahdid ekanini ta’kidlab, qarshi chiqqan faollarga minnatdorlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’on yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi
5 iyul 2023, 13:26

Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’on yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi

Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’oni karim yoqib yuborilgani haqida gapirib, buni yovuz harakat deb atadi va keskin qoraladi. “Biz radikalizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishlariga, turli millat va xalqlarning diniy qadriyatlariga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatishga mutlaqo qarshimiz”, — dedi u.

“Poytaxtda dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan birorta avtobus qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev
5 iyul 2023, 13:20

“Poytaxtda dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan birorta avtobus qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev poytaxtga 1200 ta elektrobus olib kelinishi va ularning jamoat transportidagi ulushi 50 foizga yetkazilishini aytdi. “Dizel yoqilg‘isida harakatlanadigan birorta avtobus qolmaydi”, — dedi nomzod.

Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz”ga rahbar etib tayinlandi
5 iyul 2023, 10:19

Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz”ga rahbar etib tayinlandi

Mart oyidan buyon kompaniya rahbari vazifasini bajarib kelayotgan Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Uning o‘rinbosarlari Odil Temirov va Rustam Sherov mas’uliyat sohasi o‘zgartirilgan holda lavozimlariga qayta tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev SHHTning qo‘shnichilik va ishonch kodeksini ishlab chiqishni taklif qildi
4 iyul 2023, 18:31

Shavkat Mirziyoyev SHHTning qo‘shnichilik va ishonch kodeksini ishlab chiqishni taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti SHHTning onlayn sammitidagi nutqida konstruktiv va ishonchga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yishga kuchli ehtiyoj borligini ma’lum qildi. U SHHTning yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik kodeksini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.

“Issiqlik elektr stansiyalari”ga yangi rahbar tayinlandi
4 iyul 2023, 13:04

“Issiqlik elektr stansiyalari”ga yangi rahbar tayinlandi

Bahodir Jo‘rayev “Issiqlik elektr stansiyalari” kompaniyasining boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Sardor Isaqulov esa uning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Zilziladan jabr ko‘rgan Hatay aholisiga O‘zbekiston fuqarolari mablag‘lari hisobidan modulli uylar topshirildi
4 iyul 2023, 10:00

Zilziladan jabr ko‘rgan Hatay aholisiga O‘zbekiston fuqarolari mablag‘lari hisobidan modulli uylar topshirildi

Fevral oyidagi zilzilalardan katta talafot ko‘rgan Turkiyaning Hatay viloyatida aholiga 57 ta modulli uy topshirildi. Ular O‘zbekiston fuqarolari mablag‘lari hisobidan sotib olingan.

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida ishtirok etadi
3 iyul 2023, 20:13

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklidagi majlisida ishtirok etadi. Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik, raqamli transformatsiya, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Qozog‘iston O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan suv shartnomasini qayta ko‘rib chiqmoqchi
3 iyul 2023, 17:19

Qozog‘iston O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan suv shartnomasini qayta ko‘rib chiqmoqchi

Qozog‘iston O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan Sirdaryo havzasining suv-energetika resurslaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvni o‘zgartirmoqchi. Qozog‘iston tomoni O‘zbekistondan kelayotgan ifloslantiruvchi moddalar tufayli daryoning ekologik holati buzilganini bildirdi.

Qozog‘iston bilan chegarani belgilashga oid shartnoma ratifikatsiya qilindi
3 iyul 2023, 13:10

Qozog‘iston bilan chegarani belgilashga oid shartnoma ratifikatsiya qilindi

Shavkat Mirziyoyev imzolangan qonun bilan Qozog‘iston bilan chegarani demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi.

Toshkentda xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi boshlandi
3 iyul 2023, 12:30

Toshkentda xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi boshlandi

Toshkentda 3−7-iyul kunlari Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasidagi 50 dan ziyod konferensiya, davra suhbatlari va amaliy muloqotlarda 60 dan ziyod davlatdan 450 dan ortiq siyosat va jamoat arboblari, yirik biznes vakillari va ekspertlar qatnashadi.

Prezidentlikka nomzodlar vakillarining ikkinchi teledebati 2-iyul kuni o‘tkaziladi
2 iyul 2023, 09:38

Prezidentlikka nomzodlar vakillarining ikkinchi teledebati 2-iyul kuni o‘tkaziladi

2-iyul kuni soat 18:00 da prezidentlikka nomzodlar vakillarining ikkinchi teledebati bo‘lib o‘tadi. U davlat boshqaruvi tizimi va sud-huquq sohasini rivojlantirishga bag‘ishlanadi.

YeXHT DIIHB O‘zbekistondagi saylovoldi kampaniyasi “sust” o‘tayotganini qayd etdi
30 iyun 2023, 18:23

YeXHT DIIHB O‘zbekistondagi saylovoldi kampaniyasi “sust” o‘tayotganini qayd etdi

O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi nisbatan sust o‘tmoqda, deyiladi YeXHT DIIHB missiyasi oraliq hisobotida. Unda aytilishicha, rasmiylar YeXHTning ilgari bergan ayrim tavsiyalarini inobatga olgan, qolganlarini esa saylovdan keyin ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni 66 yoshi bilan tabrikladi
29 iyun 2023, 17:01

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni 66 yoshi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni 66 yoshi bilan tabrikladi. Mamlakatda uning sharafiga Arqadag‘ shahri ochildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting