Qozog‘istonlik harbiy mutaxassislar Xorazm viloyatidagi “Yangiariq” umumqo‘shin poligoni bazasida joylashgan o‘quv markazida tajriba almashdi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Bir necha kun davom etgan o‘quv kursi dasturiga muvofiq, ikki davlat harbiy xizmatchilari sahroda cho‘l sharoitida olov va suv topish, ov qilishga mo‘ljallangan qo‘l ostidagi predmetlardan yasalgan qurollar va qopqonlarni tayyorlash, cho‘l sharoitida bo‘linmalarning niqoblanishi hamda shaxsiy tarkib joylashishi uchun sharoitlarni yaratish, shartli yaradorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va qo‘lbola tibbiyot buyumlarini yasash bo‘yicha amaliy mashqlarni bajardi.

Kurs yakunida bo‘linmalar bir necha kilometrli razvedka-qidiruv harakatlarini amalga oshirib, yo‘nalishda mavjud suvli to‘siqlardan o‘tishni amalda qo‘lladi. Yaqin jangda bir-birini himoya qilgan holda jangovar qurollarni qo‘llash, yaradorlarni jang maydonidan olib chiqish va ularga tibbiy yordam ko‘rsatishni mashq qildi.

Foto

“Yangiariq” poligoni, қозоғистонлик harbiyлар, o‘quv курслари