Abdushukur Xamzayev, Shavkat Mirziyoyev, Robaxon Mahmudova, Ulug‘bek Inoyatov. Bu 4 nafar siyosatchini shu kunlarda O‘zbekiston prezidentligi uchun kurash — o‘zaro raqobat bog‘lab turibdi.

Xo‘sh, nomzodlar saylovoldi targ‘ibotidan qanchalik foydalana oldi? Xalq ularni va saylovoldi dasturlarini biladimi? Odamlar 9-iyul kuni o‘zining siyosiy huquqidan foydalanish uchun munosib nomzodni tanlashga ulgurdimi?

“Gazeta.uz” muxbirlari Mushtariy Oqboyeva va Mirolim Isajonov shu va boshqa savollar bilan Toshkent aholisiga mikrofon tutdi.

Ularning javobidan nafaqat siyosiy vaziyatni kengroq anglash, balki nomzodlar saylovoldi tashviqotidan qanchalik foydalana olganini yaqqol ko‘rish mumkin.

Saylovga tayyorgarlik, nomzodlarning piar kampaniyalar borasida fikr-mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.