O‘zbekistonda 9-iyul kuni soat 8:00 dan saylov uchastkalarida madhiya yangrab, muddatidan avvalgi prezident saylovida ovoz berish boshlandi. Jarayon 20:00 ga qadar davom etadi.

Mamlakatda 10 784 ta saylov uchastkasi o‘z faoliyatini olib bormoqda. Unda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan saylovchilar soni 19 mln 593 ming 838 nafarni tashkil etgan.

“Gazeta.uz” muxbiri poytaxtning 356-saylov uchastkasida bo‘lib, jarayonni kadrlarga muhrladi. Uchastkada davlat madhiyasidan so‘ng saylov qutilari plombalandi.

saylov-2023

Undan so‘ng saylovchilar ro‘yxatdan o‘tib, ovoz berdi. Jarayonda bir fuqaroning bir necha pasport bilan ovoz berishda qatnashayotgani holati ham uchradi. Ammo, saylov kodeksiga ko‘ra, bir kishi faqat bitta ovoz bera oladi.

saylov-2023

saylov-2023

saylov-2023

saylov-2023

saylov-2023

Shayxontoxur tumanidagi 359-saylov uchastkasidagi jarayondan suratlar:

Shuningdek, nomzodlar ham o‘z ovozlarini berdi.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Robaxon Maxmudova 21-saylov uchastkasiga oilaviy tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.

saylov-2023

Xalq demokratik partiyasidan nomzod Ulug‘bek Inoyatov Shayxontohur tumanidagi 427-saylov uchastkasiga oilasi bilan birga tashrif buyurib, ovoz berishda qatnashdi.

saylov-2023

Ekologik partiya nomzodi Abdushukur Xamzayev ovoz berish uchun Yangihayot tumanidagi 583-saylov uchastkasiga keldi.

saylov-2023

O‘zLiDePdan nomzod, qolaversa, amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, o‘z oila a’zolari bilan saylovda ovoz berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmatida xabar berildi.

saylov-2023