Yakshanba kuni soat 8:00 da O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidentlik saylovi bo‘yicha saylov uchastkalari ochildi. Ular soat 20:00 gacha ishlaydi.

Ikki partiya bittadan nomzod ko‘rsatgani uchun bu safar besh emas, to‘rt nafar nomzod bor. Nomzodlar:

  • Xalq demokratik partiyasidan — Ulug‘bek Inoyatov;
  • Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP)dan (Milliy tiklanish partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan) — Shavkat Mirziyoyev;
  • “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan — Robaxon Maxmudova;
  • Ekologik partiyadan — Abdushukur Hamzayev.