O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov qaynotasi unga 1,5 million dollarlik uy sovg‘a qilgani haqidagi xabarni yolg‘on deb atadi.

“Bu yolg‘on xabar! Shunday bo‘lsa-da, qaynotamga yuborib qo‘ydim”, — deya yozgan Burxanov tvitiga kulib turgan smaylik qo‘shib qo‘ydi.

акмал бурханов, коррупцияга qarshi kurashish agentligi

Tarqalgan xabarlarda aytilishicha, Toshkentdagi ikki qavatli uyning yerto‘lasi va lifti bo‘lib, unda uch nafar ishchi xizmat qiladi.

Aprel oyida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi agentlik rahbariyati tomonidan olingan sovg‘alar reyestrini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, shu vaqtgacha qiymati 14 mln 570 ming so‘mlik 8 ta sovg‘a agentlikka hadya qilingan. Ularning barchasini tashkilot direktori Akmal Burxanov qabul qilgan. Sovg‘alar ayni paytda agentlik muzeyida saqlanmoqda.