Siyosat

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ichan-qal’ani ziyorat qildi (+foto)
5 aprel 2024, 23:17

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ichan-qal’ani ziyorat qildi (+foto)

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada Ichan-qal’a majmuasidagi tarixiy obidalar va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi. Shu tariqa Qozog‘iston rahbarining tashrifi yakunlandi, uni aeroportda O‘zbekiston prezidenti kuzatib qo‘ydi. Foto va video.

“Qozoq-o‘zbek tandemi — hayotiy zarurat” — Qozog‘iston prezidenti
5 aprel 2024, 17:38

“Qozoq-o‘zbek tandemi — hayotiy zarurat” — Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbari bilan muzokaralarda “Qozoq-o‘zbek tandemi hayotiy zarurat bo‘lib, faqat uyushibgina mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishini ta’minlashimiz mumkin”, — deb ta’kidladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xorazmda muzokaralar o‘tkazdi (foto, video)
5 aprel 2024, 17:20

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xorazmda muzokaralar o‘tkazdi (foto, video)

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada o‘tgan muzokaralarda transport va energetikada infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, ular “Xiva gilamlari” kombinatini ko‘zdan kechirdi.

Qozog‘iston prezidenti Urganchga keldi
5 aprel 2024, 13:25

Qozog‘iston prezidenti Urganchga keldi

Urganch aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayevni kutib oldi. Foto.

Qozog‘iston prezidenti 5-aprel kuni O‘zbekistonga keladi
4 aprel 2024, 19:11

Qozog‘iston prezidenti 5-aprel kuni O‘zbekistonga keladi

Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Xiva shahrida ikki davlat o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi. Asosiy mavzular — o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni rivojlantirish.

Komiljon Karimov Vestminster universiteti rektorligiga qaytdi
4 aprel 2024, 12:57

Komiljon Karimov Vestminster universiteti rektorligiga qaytdi

Oliy ta’lim vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining rektori bo‘ldi. U bu lavozimda 2015−2020-yillarda ham ishlagan. Yana bir sobiq vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova esa Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi.

Oliy ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
4 aprel 2024, 12:18

Oliy ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Shoxrux Daliyev oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari, Otabek Mahkamov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

Qozog‘istonda 8 nafar o‘zbekistonlik YTHda vafot etgani bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi
4 aprel 2024, 09:50

Qozog‘istonda 8 nafar o‘zbekistonlik YTHda vafot etgani bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘istondagi YTHda vafot etgan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga qaytariladi. Ularni olib kelish va dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.

Prezident Yunusobod misolida Toshkent tumanlarining ishga solinmagan imkoniyatlarini ko‘rsatdi
3 aprel 2024, 15:52

Prezident Yunusobod misolida Toshkent tumanlarining ishga solinmagan imkoniyatlarini ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev Yunusobod misolida aholi daromadini oshirish bo‘yicha qanday ishlash zarurligini tushuntirdi. Toshkent shahri markazi va uning chekkasidagi mahallalar rivoji hamda aholi daromadlari o‘rtasidagi tafovut katta ekanini ta’kidlab, hududga 600 mln dollar investitsiya jalb etish mumkinligini qayd etdi.

“Toshkentga hokim qo‘yish oson emas” — prezident
3 aprel 2024, 13:07

“Toshkentga hokim qo‘yish oson emas” — prezident

Shavkat Mirziyoyev o‘z tavsiyasiga ko‘ra Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlangan Shavkat Umurzoqov haqida gapirdi. “Toshkentga hokim qo‘yish oson emas… Bir yil oldin Shavkat Umurzoqovga ishonch bildirgandik. O‘ylaymanki, azim poytaxtimizning biri ikki bo‘lishiga harakat qiladi”, — dedi u.

“Rossiyadagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olmoqda” — prezident
3 aprel 2024, 12:34

“Rossiyadagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olmoqda” — prezident

Dunyodagi murakkab vaziyat, Yaqin Sharq va O‘zbekistonning “asosiy hamkorlari” o‘rtasidagi mojaro munosabati bilan iqtisodiyot va aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi, dedi prezident. Uning qayd etishicha, Moskva viloyatidagi teraktdan so‘ng global vaziyat yanada jiddiylashdi.

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi
3 aprel 2024, 12:05

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi

2023-yilning martidan buyon Toshkent shahri hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Umurzoqov hokim etib tasdiqlandi.

O‘zbekiston TIV Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan aviazarbani qoraladi
3 aprel 2024, 11:33

O‘zbekiston TIV Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan aviazarbani qoraladi

O‘zbekiston TIV Isroil tomonidan Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan va bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan aviazarbani keskin qoraladi. “Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat deb hisoblaymiz”, — deya ta’kidladi vazirlik.

Shahnoza Sultanova Toshkent shahri hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi
3 aprel 2024, 00:28

Shahnoza Sultanova Toshkent shahri hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Shahnoza Sultanova Toshkent shahri hokimining yangi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Video: Sherzod Shermatov bilan piyoda. “Muammoni aytish oson, uni yechish — eng qiyin narsa”
3 aprel 2024, 00:14

Video: Sherzod Shermatov bilan piyoda. “Muammoni aytish oson, uni yechish — eng qiyin narsa”

“Avtomobilsiz kun”da “Gazeta.uz” jurnalisti RTV rahbari Sherzod Shermatov bilan uning ish joyigacha piyoda bordi. Vazir ko‘proq piyoda yurishni xohlashini aytdi. Toshkentni “zo‘r shahar” deb atagan vazir muammolarni tez sur’atlardagi rivojlanish bilan bog‘ladi va ularni birgalikda hal qilishga chaqirdi.

O‘zbekistonning 2023-yildagi eng ochiq va eng yopiq davlat organlari nomi ma’lum qilindi
2 aprel 2024, 15:04

O‘zbekistonning 2023-yildagi eng ochiq va eng yopiq davlat organlari nomi ma’lum qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlarining 2023-yildagi ochiqlik indeksi natijalarini e’lon qildi. Statistika agentligi, OKMK, Markaziy bank, Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi eng yaxshi natijalarni qayd etdi.

O‘zbekiston va Xitoy xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytiradi
2 aprel 2024, 13:57

O‘zbekiston va Xitoy xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri Van Syaoxun Toshkentda prezident va ichki ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda jamoat xavfsizligini ta’minlash, kadrlar tayyorlash, zamonaviy texnologiyalar joriy etish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Xusen To‘xtayev Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
2 aprel 2024, 11:25

Xusen To‘xtayev Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Xusen To‘xtayev Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Sport vaziri o‘rinbosari Toshkent shahri hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
2 aprel 2024, 09:43

Sport vaziri o‘rinbosari Toshkent shahri hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Durdona Rahimova Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bunga qadar sport vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi
2 aprel 2024, 09:30

Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi

Rustam G‘afurov Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hokimi bo‘ldi. U bunga qadar viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting