Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqdagi ma’lumotni “Gazeta.uz”ga vazirlik matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova tasdiqladi.

Xususan, Shoxrux Hojiakbarovich Daliyev vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. U bunga qadar uzoq yillardan buyon Vazirlar Mahkamasida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Shoxrux Daliyev.Shoxrux Daliyev.

Shoxrux Daliyev mazkur lavozimda 2023-yildan buyon ishlab kelayotgan Komiljon Karimov o‘rnini egalladi.

Otabek Muxtorovich Mahkamov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Prezident administratsiyasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Otabek Mahkamov.Otabek Mahkamov.

Otabek Mahkamov mazkur lavozimda 2023-yildan buyon ishlab kelayotgan Shaxlo Turdiqulovaning o‘rnini egalladi.