2-aprel kuni xalq deputatlari Kitob tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi, deya xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Sessiyada deputatlar Rustam Abdirasulovich G‘afurovni Kitob tumani hokimi lavozimiga tasdiqladi. Mazkur lavozimda u 2022-yilning iyun oyidan buyon ishlab kelayotgan O‘ktam Pardayev o‘rnini egalladi.

Rustam G‘afurov 1984-yilda tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Bank akademiyasi va Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u Qashqadaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.