5-aprel kuni Urganch aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayevni kutib oldi.

Kun davomida 2 davlat rahbarlari “Xiva gilamlari” kombinatiga tashrif buyurdi. Undan so‘ng Mirziyoyev va Toqayev Xivada uchrashuv o‘tkazdi.

“Xiva gilamlari” korxonasi 2020-yilda tashkil etilgan, qiymati 24 million dollar. Unda yiliga 4,2 mln kvadrat metr gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mahsulotlar AQSh, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Korxonada 750 nafar ishchi bor. Prezidentlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va shourumi bilan tanishdi, kombinat hududida tashkil etilgan Made in Uzbekistan brendi ostidagi mahsulotlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi.

prezident, uchrashuv, шавкат мирзиёев, қасим-жомарт тоқаев

prezident, uchrashuv, шавкат мирзиёев, қасим-жомарт тоқаев

prezident, uchrashuv, шавкат мирзиёев, қасим-жомарт тоқаев

Ikki tomon yetakchilari uchrashuvida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etildi.

Kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish, ilgari oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq investitsiya bitimlari va savdo shartnomalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

prezident, uchrashuv, шавкат мирзиёев, қасим-жомарт тоқаев

Prezidentlar tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha uzoq muddatli dasturni shakllantirish hamda transport va energetikada infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriq berdi.

Joriy yilda Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash, qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi faoliyatini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Gumanitar va turizm aloqalarini rivojlantirish, yoshlar ishtirokida madaniyat, ta’lim va sport sohalarida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

prezident, uchrashuv, шавкат мирзиёев, қасим-жомарт тоқаев

prezident, uchrashuv, шавкат мирзиёев, қасим-жомарт тоқаев

Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan, suv resurslaridan oqilona foydalanish, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi. Ikki va ko‘p tomonlama shakldagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

prezident, uchrashuv, шавкат мирзиёев, қасим-жомарт тоқаев