Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni O‘zbekistonga tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadimgi Xivaning Ichan-qal’a majmuasi tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi. Bu haqda mezbon davlat matbuot xizmati xabar qildi.

“Ochiq osmon ostidagi muzey” sifatida tanilgan Xiva yaxlit yodgorlik sifatida Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yagona shahar hisoblanadi, 120 dan ortiq me’moriy obidalarni o‘z ichiga olgan. U 1990-yilda YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, 1997-yilda uning 2500-yilligi nishonlangan. 2020-yilda shahar Turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilingan, 2024-yilda esa islom dunyosining turizm poytaxti bo‘lgan.

Nurillaboy saroyi XX asr boshlarida bunyod etilgan. Majmua madrasa, 100 dan ortiq xonalar, galereyalardan iborat. Saroy xonalarini bezashda nafaqat xivalik ustalar, balki chet ellik rassom-dekoratorlar ham ishtirok etgan, ular saroyning sharqona qiyofasiga Yevropaning modern uslubini singdirgan. Xonalarning ichki ko‘rinishi, kaminlari, Venetsiya oynalari va tilla suvi yugurtirilgan bronzadan ishlangan, billur ilgakli qandillari alohida ajralib turadi.

“Xiva tarixi va uning fan rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, hududning boy madaniyati va san’ati haqidagi hikoyalar qozog‘istonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi”, — deyiladi xabarda.

Shu tariqa Qozog‘iston prezidentining tashrifi yakunlandi. Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. So‘ng u ham Toshkentga jo‘nab ketdi.

Foto va video

ичан қальа, нuриллаboy saroyi, қозоғистон, қосим-жомарт токаевичан қальа, нuриллаboy saroyi, қозоғистон, қосим-жомарт токаевичан қальа, нuриллаboy saroyi, қозоғистон, қосим-жомарт токаевичан қальа, нuриллаboy saroyi, қозоғистон, қосим-жомарт токаевичан қальа, нuриллаboy saroyi, қозоғистон, қосим-жомарт токаевичан қальа, нuриллаboy saroyi, қозоғистон, қосим-жомарт токаевичан қальа, нuриллаboy saroyi, қозоғистон, қосим-жомарт токаевичан қальа, нuриллаboy saroyi, қозоғистон, қосим-жомарт токаевичан қальа, нuриллаboy saroyi, қозоғистон, қосим-жомарт токаев