Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzajanovich Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) lavozimidan ozod qilindi. Bu ma’lumotni “Gazeta.uz”ga manbalari tasdiqladi.

Shoir va jurnalist 1965-yilda tug‘ilgan, 1990-yilda Toshkent davlat universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan.

2013−2014-yillarda O‘zbekiston madaniyat va sport vaziri bo‘lgan. 2012−2013-yillarda Milliy teleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2018-yilda Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosarligiga o‘tgan.

2019-yil sentabr oyidan beri Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, shuningdek, O‘zMTRKni salkam 20 yil boshqargan Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga bosh vazir kotibiyati rahbari bo‘lib ishlagan Abdurashid Jo‘raboyev tayinlandi.

To‘ldirish

Yozuvchilar uyushmasining xabar berishicha, Minhojiddin Hojimatov uyushma raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.