1-fevral kuni prezident tomonidan imzolangan qonun [O‘RQ-902-son] bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlarga:

  • voyaga yetmaganlarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmaganligi uchun ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasining 1-qismi);
  • ta’lim muassasalari hududi va uning atrofida o‘quvchilar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni oldini olish va maktablarda jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzish hamda belgilangan tartibda jazo chorasini qo‘llash (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 56−1, 183, 187-moddasi 1-qismi);
  • voyaga yetmaganlarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga (spirtli ichimliklarni, giyohvandlik vositalari yoki odamning aql-idrokiga, irodasiga ta’sir qiladigan moddalarni iste’mol etishga) jalb qilgan shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-moddasi) vakolatini berildi.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlariga tazyiq o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy huquqbuzarlikni rasmiylashtirish vakolati berildi.

Qonun Senat tomonidan 19-yanvar kuni ma’qullangandi. U rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.