Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 3−4-fevral kunlari Bo‘stonliq tumani tog‘li hududlaridagi dam olish maskanlariga olib boruvchi ayrim yo‘llarda harakat bir tomonlama tashkil etilishini ma’lum qildi.

Bunga ayni kunlardagi ob-havo sharoiti, fuqarolarning tashrifi ortishi va yo‘llardagi tirbandlik sabab bo‘lgani aytilgan.

Mas’ullarning tushuntirishicha, 4R6 Toshkent-Chirchiq-Chimyon avtomobil yo‘lining 57-kilometridan 92-kilometrigacha, ya’ni 4R10 avtomobil yo‘li bilan tutashgan joygacha transport vositalari faqat bir tomonlama harakatlanadi.

Bunday yo‘lning boshida 5.5 belgi qo‘yilgan. Uning oxirida 5.6 belgisi o‘rnatilgan. Shuningdek, harakatlanib kirish taqiqlangan qismida 3.1 taqiqlovchi belgisi o‘rnatilgan bo‘ladi.

бўстонлик tumani, йҳхб, transport

бўстонлик tumani, йҳхб, transport

Toshkent shahri tomonidan 4R12 avtomobil yo‘li yoki Chirchiq shahri tomondan kelinsa, deylik, Amirsoyga chiqish uchun 4R12 va 4R6 avtomobil yo‘llari kesishgan joydan 4R6 yo‘liga, ya’ni G‘alvasoy mahallasi tomonga burilish kerak.

Yo‘l bo‘ylab ketaverishda 4R10 avtomobil yo‘li tutashgan qismiga, ya’ni Yusufxona chorrahasiga yetib boriladi. U yerda bir tomonlama harakat tugaydi. Chorrahadan 4R10 yo‘liga burilib, dam olish maskanlaridan ortga qaytish mumkin.