Shavkat Mirziyoyev 1-fevral kuni metallurgiya korxonalarini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Yig‘ilish Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK), Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK), O‘zbekiston metallurgiya kombinati (“O‘zmetkombinat”) hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi rahbarlari, shuningdek, bosh vazir Abdulla Aripov, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va boshqalar ishtirokida o‘tkazildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, so‘nggi yillarda bu to‘rtta korxonaga 7 milliard 400 million dollar investitsiya kiritilgan. Buning natijasida oltin ishlab chiqarish hajmi 23 foiz, mis 41 foiz, kumush 60 foizga oshgan. NKMKda yangi konlar o‘zlashtirilib, 3 ta zavod ishga tushirilgan. “O‘zmetkombinat” va “Navoiyuran”da ham ishlab chiqarish ko‘paygan.

Umuman, o‘tgan 6 yilda ushbu korxonalarning jami sanoatdagi ulushi 10 foizdan 17 foizga, budjet tushumlarida esa 11 foizdan 25 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirishni maqsad qilgan. Prezident jahonda raqobat kuchayib borayotgan sharoitda mazkur to‘rtta yirik kompaniya samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev xorijiy ekspertlarni jalb etib, kombinatlarni raqamli transformatsiya qilish, bunda “yashil” texnologiyalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. Investitsiyalarni o‘zlashtirish va yangi loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.

U ishlab chiqarishda operatsion xarajatlar va energiya sarfini maqbullashtirib, tannarxni qisqartirish vazifasini qo‘ydi. Shuningdek, kombinatlarda mehnat unumdorligini oshirish, rahbar va mutaxassislar faoliyatiga samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) joriy qilish muhimligini qayd etdi.

mis, навоийuran, нкмк, окмк, oltin, ўзметкомбинат, uran, шавкат мирзиёев

NKMK boshqaruvi raisi Quvandiq Sanaqulov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida zavod oldida qo‘shimcha 150 mln dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, shuningdek, raqamlashtirish va transformatsiya ishlarini amalga oshirish vazifasi turganini aytdi.

Unga ko‘ra, NKMK 2024-yilda davlat budjetiga soliq va dividendlar shaklida 45 trln so‘m to‘laydi, bu o‘tgan yilga nisbatan 20,6 foizga (37,3 trln so‘m) ko‘pdir.

“Prezidentimiz zavodning investitsion faoliyati bilan ham chuqur tanishdilar, yerosti boyliklarining zaxiralari qandayligi, qanaqa qidirish ishlari olib borilayotgani bilan ham qiziqdilar. Birinchi hisob-kitoblar bugungi zaxiralarimizga yana 1000 tonna oltin zaxirasi qo‘shilishini ko‘rsatyapti”, — dedi Sanaqulov.

mis, навоийuran, нкмк, окмк, oltin, ўзметкомбинат, uran, шавкат мирзиёев

OKMK rahbari Abdullo Xursanovning aytishicha, prezident investitsiyaviy loyihalarni tezlashtirish, shuningdek, 1-iyuldan kechiktirmay mis eritish zavodi qurilishini boshlash, 1-martgacha esa “injenering bazaviy loyihasi”ni tugatish bo‘yicha topshiriq bergan.

Zavod metallarni ajratib olish darajasini oshirish evaziga ishlab chiqarish hajmini yiliga 148 ming tonnadan 170 ming tonnagacha (2025-yilgacha 400 ming tonnaga yetkazish belgilangandi) oshirishni reja qilmoqda. Shuningdek, budjetga to‘lovlarni 15 trln so‘mdan 19 trln so‘mga, ishlab chiqarish hajmini esa 39 trln so‘mdan ortiq oshirish ko‘zda tutilgan.

mis, навоийuran, нкмк, окмк, oltin, ўзметкомбинат, uran, шавкат мирзиёев

“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Rashid Pirmatovning aytishicha, prezident 2023-yilga nisbatan ishlab chiqarish tannarxini 20 foizga kamaytirish bo‘yicha topshiriq bergan. Bunga erishish uchun ish samaradorligini oshirish, energiya samaradorligini oshirish, tashkiliy masalalarni optimallashtirish rejalashtirilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarni, jumladan, korxonani o‘zgartirishni “so‘zsiz bajarish” uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

mis, навоийuran, нкмк, окмк, oltin, ўзметкомбинат, uran, шавкат мирзиёев

Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari, “Navoiyuran” kompaniyasi bosh direktori Jamol Fayzullayevning ma’lum qilishicha, 2024-yilda geologiya-qidiruv ishlari hajmini keskin oshirish va 1 mln metrdan ortiq maydonda hamda uran qazib olish uchun 3,8 mln metr maydonda burg‘ulash ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, uran qazib olishni 1,5 barobarga oshirish, shuningdek, uning tannarxini 20,1 foizga pasaytirish belgilangan.