Otabek Abdurashidovich Hasanov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Otabek Hasanov 1985-yil 9-martda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tug‘ilgan.

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — siyosatshunoslik, davlat boshqaruvi, menejment. 2006-yilda O‘zbekiston milliy universitetini bakalavr bosqichini tamomlagan. 2008-yilda O‘zbekiston milliy universitetini magistraturasini, 2013-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tugatgan.

2013−2017-yillarda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, 2017−2019-yillarda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash” fakulteti dekani, 2019−2020-yillarda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

2021-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan.

Avvalroq 2019-yilning sentabridan buyon Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari sifatida ishlagan Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) ishdan olingani haqida xabar bergandik.

Shuningdek, O‘zMTRKni salkam 20 yil boshqargan Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga bosh vazir kotibiyati rahbari bo‘lib ishlagan Abdurashid Jo‘raboyev tayinlandi.