Prezidentning 2-fevraldagi farmoni bilan Kongratbay Avezimbetovich Sharipov O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi.

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan uning nomzodi ma’qullangandi.

Texnika fanlari doktori, professor Kongratbay Sharipov ayni vaqtga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Kongratbay Sharipov 1963-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. 2017-yildan Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga rektorlik qilgan. 2019-yilda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.