Dam olish kunlari O‘zbekistonda kunduzgi harorat +3…+8 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kechasi harorat asosan 0…-5 daraja sovuq, ba’zi joylarda +3 gacha bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi matbuot xizmati.

Juma kuni ertalab O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining baland tog‘li hududlarida biroz qor yog‘adi. Havo harorati +3…+8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Shanba kuni O‘zbekiston hududiga nam havoning yangi qismi kirib kelishi boshlanadi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax viloyatlarida va kechga tomon Sirdaryo viloyatida ba’zi joylarda asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yakshanba kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

3−4-fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtda juma, shanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari −2…−4 daraja sovuq, kunduz kunlari +4…+6 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 0…-2 daraja sovuq, kunduzi +3…+5 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5−10 m/s tezlikda esadi.