O‘zbekistonda Eltech Industrial texnoparki tashkil etiladi
15 yanvar 2024, 15:02

O‘zbekistonda Eltech Industrial texnoparki tashkil etiladi

Ohangarondagi texnopark negizida Eltech Industrial texnoparki tashkil etilmoqda. Maqsad — “yangi turdagi elektrotexnika mahsulotlari va ularning butlovchi qismlarini o‘zlashtirish”. Shuningdek, Surxondaryoda 2 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoni oshxona havo tortish qurilmalari ishlab chiqarish uchun ajratiladi.

Chiroqchi tumani hokimiga hayfsan berildi
15 yanvar 2024, 14:40

Chiroqchi tumani hokimiga hayfsan berildi

2023-yil avgust oyidan buyon Qashqadaryoning Chiroqchi tumaniga hokimlik qilib kelayotgan Fayzulla Yusupovga nisbatan hayfsan jazosi qo‘llandi. Viloyat hokimligi uning topshiriqlar ijrosida nazoratni susaytirgani va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganini bildirdi.

Xorijiy tovarlarning davlat xaridlaridagi ishtirokiga cheklovlar kuchaytirilishi rejalashtirilmoqda
15 yanvar 2024, 13:32

Xorijiy tovarlarning davlat xaridlaridagi ishtirokiga cheklovlar kuchaytirilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston hukumati xorijiy tovarlarning (hozirda 520 dan ortiq tovarga taqiq qo‘yilgan) davlat xaridlarida ishtirok etishiga cheklovlarni kuchaytirishni va mahalliy kompaniyalarga, jumladan, elektrotexnika ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq imtiyozlar berishni rejalashtirmoqda.

“Tayvan — Xitoyning ajralmas qismi” — O‘zbekiston TIV Tayvandagi prezidentlik saylovi haqida
15 yanvar 2024, 12:56

“Tayvan — Xitoyning ajralmas qismi” — O‘zbekiston TIV Tayvandagi prezidentlik saylovi haqida

Tayvanda o‘tgan prezidentlik saylovida hukmron partiya nomzodi Lay Sinde g‘alaba qozondi. O‘zbekiston TIV jarayonga munosabat bildirib, mamlakat “Yagona Xitoy” tamoyilini qat’iy qo‘llab-quvvatlashi va Tayvan Xitoyning ajralmas qismi ekanini ta’kidladi.

Toshkentdagi yana bir kafeda yong‘in sodir bo‘ldi
15 yanvar 2024, 12:49

Toshkentdagi yana bir kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

Dushanbaga o‘tar kechasi Yunusobod tumanida joylashgan kafe yonib ketdi. Vafot etganlar va jabrlanganlar yo‘q. Ikki kun avval Mirobod tumanidagi kafelardan birida yong‘in sodir bo‘lib, 3 kishi jarohatlangan edi.

Ispaniyaning Santander banki O‘zbekistonda vakolatxonasini ochishi mumkin
15 yanvar 2024, 12:10

Ispaniyaning Santander banki O‘zbekistonda vakolatxonasini ochishi mumkin

Ispaniyadagi Santander bankining mintaqaviy menejeri David Plaza O‘zbekiston bank xizmatlari bozoriga kirishga qiziqish bildirdi. Shuningdek, bank O‘zbekistonga 500 mln dollar miqdorida kredit mablag‘larini ajratishga tayyorligini ma’lum qildi.

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagancha kaltaklab kelgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi
15 yanvar 2024, 12:04

Buxoroda bolasini beshikka bog‘lagancha kaltaklab kelgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Shofirkon tumanida ayol 5 yoshli bolasini 1,5 yildan ortiq vaqt davomida beshikka bog‘lagan holda kaltaklab, qiynab kelgani aniqlandi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hafta boshida qor va yomg‘ir yog‘adi, chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda
15 yanvar 2024, 11:30

Hafta boshida qor va yomg‘ir yog‘adi, chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda

Dushanba va seshanba kunlari havo sovib, hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li joylarida qor ko‘chishi xavfi bor. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, harorat asta-sekin ko‘tarilib, kunduzi +8…+13 daraja iliqqacha yuqorilaydi.

Jizzaxda elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
15 yanvar 2024, 10:38

Jizzaxda elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi

Baxmal tumanida elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi. U hamkasbi bilan nosoz joyni aniqlash maqsadida tekshiruv olib borayotgan bo‘lgan.

Ukraina va Britaniya xavfsizlik bitimini imzoladi
15 yanvar 2024, 10:17

Ukraina va Britaniya xavfsizlik bitimini imzoladi

Buyuk Britaniya G7 davlatlaridan birinchi bo‘lib Ukraina bilan xavfsizlik bo‘yicha bitim tuzdi. Britaniyaning ushbu hujjatda keltirilgan majburiyatlari Ukraina NATOga qo‘shilguncha o‘z kuchida qoladi, dedi Ukraina prezidenti.

“Bir martalik emas, uzoq muddatli yechimlar kerak”. Faollar toza havo so‘rab fleshmob uyushtirdi (foto)
14 yanvar 2024, 22:09

“Bir martalik emas, uzoq muddatli yechimlar kerak”. Faollar toza havo so‘rab fleshmob uyushtirdi (foto)

Faollar va blogerlar Toshkent markazida aholi va hukumat e’tiborini ekologik muammolar, xususan, havo sifati yomonligiga qaratish uchun #tozahavokerak heshtegi ostida fleshmob o‘tkazdi. Ular rasmiylardan bir martalik emas, balki uzoq muddatli va keng qamrovli yechimlarni kutayotganini bildirdi. Foto.

Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi
14 yanvar 2024, 17:57

Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarar miqdori 120,7 mln so‘mni tashkil etmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qozog‘istonda nosoz avtobusda qolib ketgan 55 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi
14 yanvar 2024, 13:29

Qozog‘istonda nosoz avtobusda qolib ketgan 55 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi. Ular Toshkentdan Qozon (Rossiya) tomonga harakatlanayotgan bo‘lgan.

O‘zbekistonga maishiy texnika import qilishda ishlab chiqaruvchining dileri bo‘lishi shartligi belgilandi
14 yanvar 2024, 10:42

O‘zbekistonga maishiy texnika import qilishda ishlab chiqaruvchining dileri bo‘lishi shartligi belgilandi

1-fevraldan O‘zbekistonga muzlatkich, radiator, changyutkich, kir yuvish mashinasi, televizor va boshqa jihozlarni olib kirishda ishlab chiqaruvchining vakolatli vakillari yoki rasmiy dilerlari bo‘lishi talab qilinadi. Ular, shuningdek, xizmat ko‘rsatishlari ham kerak bo‘ladi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston Suriya bilan durang o‘ynadi
14 yanvar 2024, 08:15

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston Suriya bilan durang o‘ynadi

O‘zbekistonlik futbolchilar Osiyo Kubogi guruh bosqichini Suriya bilan o‘yindagi golsiz durang bilan boshladi (statistika, foto).

Prezident: “Odamlarning yangilik va tahlillarga bo‘lgan ehtiyojini to‘ldirmasak, buni boshqalar qiladi” (video)
13 yanvar 2024, 23:31

Prezident: “Odamlarning yangilik va tahlillarga bo‘lgan ehtiyojini to‘ldirmasak, buni boshqalar qiladi” (video)

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida odamlarning yangilik va tahliliy ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoji to‘ldirilmasa, buni boshqa mamlakatlardagi manbalar amalga oshirishini aytdi. “Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — dedi u. Video.

Prezident harbiy xizmatchilarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi
13 yanvar 2024, 19:59

Prezident harbiy xizmatchilarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Qurolli kuchlar tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilarga tabrik yo‘lladi. U “hozirgi o‘ta murakkab vaziyatda” mamlakat xavfsizligi va manfaatlarini ishonchli ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Konstitutsiyaviy sud sudyalari endi qayta saylanish huquqisiz 10 yilga saylanadi
13 yanvar 2024, 16:17

Konstitutsiyaviy sud sudyalari endi qayta saylanish huquqisiz 10 yilga saylanadi

Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylangan).

Nima tayyorlaymiz: Sho‘rvalar
13 yanvar 2024, 16:00

Nima tayyorlaymiz: Sho‘rvalar

Makkajo‘xorili tovuq sho‘rva, “Xarcho”, frikadelkali turkcha sho‘rva, qaynatma sho‘rva, yasmiqli turkcha krem-sho‘rva va boshqalar — Zira.uz turli xil suyuq taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Asaxiy Books nashriyoti tomonidan bank-moliya sohasi uchun muhim kitob o‘zbek tilida nashr qilindi
13 yanvar 2024, 15:00

Asaxiy Books nashriyoti tomonidan bank-moliya sohasi uchun muhim kitob o‘zbek tilida nashr qilindi

“Bank 4.0. Doim siz bilan — hozir va shu yerda” kitobi moliya sohasi uchun Asaxiy Books nashriyoti tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi. Kitobda yaqin kelajakda kutilayotgan moliyaviy manzara qanday ekanini Brett King aniq va asosli tasvirlagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting