Urganch markazida yangi tunnel foydalanishga topshirildi
16 dekabr 2021, 12:59

Urganch markazida yangi tunnel foydalanishga topshirildi

Urganch shahri markazida Al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari hududida 500 metrlik yangi tunnel foydalanishga topshirildi. Yerosti yo‘li soatiga 3200 ta avtomobil o‘tkazish imkoniyatiga ega. Viloyat hokimi Farhod Ermanov bu kabi tunnel viloyatlar orasida yagona ekanligini ta’kidladi.

Orolbo‘yi haqida qisqasini aytganda — Umid bor!
16 dekabr 2021, 12:30

Orolbo‘yi haqida qisqasini aytganda — Umid bor!

Orol dengizining qurigan tubida qanday jarayonlar sodir bo‘lmoqda? Ushbu hududlarga ekilgan saksovullar unib-o‘sdimi? Ular tevarak-muhitga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda? Bugungi Orolbo‘yi haqida umidli qarashlar bormi? Tuproqshunos, biologiya fanlari doktori Galina Stulina tuproqshunoslik kasbini tanlash sabablari, Orolbo‘yi deganda qaysi hududlar tushunilishi, Orolqum cho‘liga uyushtirilgan ekspeditsiyalar va ushbu hududlarning istiqbollari, ayollarning fandagi muvaffaqiyatlari asoslari haqida.

O‘zbekistonda 15 dekabrgacha 125 kishi is gazidan vafot etgan
16 dekabr 2021, 12:20

O‘zbekistonda 15 dekabrgacha 125 kishi is gazidan vafot etgan

Yil boshidan beri O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi oqibatida 115 nafar inson jarohatlandi, 125 kishi esa halok bo‘ldi. Aynan qish mavsumida har uchta noxush holatdan bittasi isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanishdan kelib chiqmoqda.

«Narxlar o‘ynab turadi — bu hayot». Bektemir hokimi «Qo‘yliq» ko‘chirilishi haqida
16 dekabr 2021, 12:09

«Narxlar o‘ynab turadi — bu hayot». Bektemir hokimi «Qo‘yliq» ko‘chirilishi haqida

Poytaxtning Bektemir tumani hokimi Tapil Maxamadziyayev «Qo‘yliq» ulgurji bozori Food City majmuasiga bosqichma-bosqich ko‘chishini tasdiqladi. «Food City`da shundoq sharoitlar yaratilganki, bunaqa sharoit Ecobozor`da ham yo‘q. «Qo‘yliq»da asfaltda o‘tirib sotgandan ko‘ra, o‘sha yerga oborib sotgan ma’qul», — dedi u.

TikTok tarmog‘iga o‘zbek tili qo‘shilishi mumkin
16 dekabr 2021, 10:29

TikTok tarmog‘iga o‘zbek tili qo‘shilishi mumkin

Komil Allamjonov TikTok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertramga tarmoqni O‘zbekiston qadriyatlari va mintalitetiga moslash taklifini bildirdi. Kompaniya mas’ullari esa uning takliflarini inobatga olinishi qatorida, TikTok`ga o‘zbek tilini ham kiritishga tayyorligini ma’lum qilgan. Tarmoq hanuz uzilishlar bilan ishlayapti.

Jahon yangiliklari dayjesti
15 dekabr 2021, 23:09

Jahon yangiliklari dayjesti

Gonkongdagi Jahon savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘lgani, KXDR asoschisi Kim Ir Senning ukasi vafot etgani, Braziliyada mer va deputat park taqdiri haqidagi bahsni ringdagi duel orqali hal qilgani, Yaponiyada koronavirusning omikron shtammiga chalinishga doir 15 ta yangi holat aniqlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

15 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
15 dekabr 2021, 22:00

15 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qashqadaryoda yer tagidan chiqayotgan tutun, «Qizil kitob» ga kiritilgan jayron va quyonlarni ovlaganlar, Nurafshondagi yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilinmagani, noyabrda inflyatsion kutilmalar oshgani sabablari, O‘zbekistonda yig‘ilib qolgan 4 mln tonna radioaktiv chiqindi, tez fursatlarda umra safariga ruxsat berilishi va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 15 dekabrdagi eng muhim xabarlar dayjestida.

Kontrakt to‘lovlarini to‘lash muddati 31 dekabrga qadar uzaytirildi
15 dekabr 2021, 21:56

Kontrakt to‘lovlarini to‘lash muddati 31 dekabrga qadar uzaytirildi

OTM bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazishning so‘nggi muddati 2021 yilning 31 dekabri etib belgilandi.

50 ming va 100 ming so‘mlik yangi banknotalar 22 dekabrdan muomalaga chiqariladi
15 dekabr 2021, 19:37

50 ming va 100 ming so‘mlik yangi banknotalar 22 dekabrdan muomalaga chiqariladi

Yangi ko‘rinishdagi 50 ming so‘m va 100 ming so‘m bo‘lgan banknotlar 22 dekabridan muomalaga chiqarilishi ma’lum qilindi. Ushbu yangi banknotalar 2017 yil namunasidagi 50 ming so‘mlik va 2019 yil namunasidagi 100 ming so‘mlik banknotlar bilan parallel ravishda muomalada bo‘ladi.

Prezidentning Janubiy Koreyaga davlat tashrifining asosiy mavzulari — «yashil iqtisodiyot» va raqamlashtirish
15 dekabr 2021, 19:29

Prezidentning Janubiy Koreyaga davlat tashrifining asosiy mavzulari — «yashil iqtisodiyot» va raqamlashtirish

16−18 dekabr kunlari O‘zbekiston prezidentining Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida «yashil» iqtisodiyot, raqamlashtirish, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik bo‘yicha dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.

Senat 2022 yilgi davlat budjetini ma’qulladi
15 dekabr 2021, 19:12

Senat 2022 yilgi davlat budjetini ma’qulladi

Senat 2022 yilgi davlat budjetini ma’qulladi. Unga ko‘ra, kelgusida yilda mamlakat YAIM o‘sish sur’atlari 6 foiz, inflyatsiya esa 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Davlat budjetidan ijtimoiy sohaga jami 74,6 trln ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Askar Akayev Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasida so‘roq qilindi
15 dekabr 2021, 18:06

Askar Akayev Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasida so‘roq qilindi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Askar Akayev «Qumtor» ishi bo‘yicha guvoh sifatida Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga chaqirildi. So‘roq tafsilotlari oshkor qilinmadi.

Yaqin vaqt ichida umra safariga ruxsat berilishi mumkin — Musulmonlar idorasi
15 dekabr 2021, 17:36

Yaqin vaqt ichida umra safariga ruxsat berilishi mumkin — Musulmonlar idorasi

Yaqin vaqtlarda pandemiya boshlanishidan avval umra safari uchun pul to‘lab, navbatda turganlar va boshqa fuqarolar uchun ziyorat qilish imkoniyatlari yaratilishi mumkin. Bu bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari Saudiya Arabistoni muassasalari bilan muzokaralar olib borgan.

Termizdagi gumanitar yordam yuk mashinalarda Afg‘onistonga jo‘natildi
15 dekabr 2021, 17:35

Termizdagi gumanitar yordam yuk mashinalarda Afg‘onistonga jo‘natildi

oktabr-noyabr oylarida Termizga yetkazilgan 40 tonnaga yaqin insonparvarlik yuki BMT Qochqinlar bo‘yicha agentligi tomonidan yuk mashinalarida Afg‘onistonga jo‘natildi.

Dollarning rasmiy kursi besh kunlik o‘sishdan so‘ng pasaydi
15 dekabr 2021, 17:13

Dollarning rasmiy kursi besh kunlik o‘sishdan so‘ng pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,85 so‘mga pasayib, 10 830,15 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

Bank Apelsin va “Hududgazta'minot” o‘rtasida memorandum imzolandi
15 dekabr 2021, 17:00

Bank Apelsin va “Hududgazta'minot” o‘rtasida memorandum imzolandi

“Xududgazta'minot” AJ va Bank Apelsin o‘rtasidagi memorandum tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanganlik uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishini takomillashtirishga qaratilgan.

O‘zbekistonda 4 mln tonna radioaktiv chiqindilar yig‘ilib qolgan
15 dekabr 2021, 16:09

O‘zbekistonda 4 mln tonna radioaktiv chiqindilar yig‘ilib qolgan

Sovet Ittifoqi davridagi uran konlari faoliyati natijasida O‘zbekistonda 4 million tonna radioaktiv chiqindilar to‘planib qolgan. Bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 240 million, Qirg‘izistonda 132 million, Tojikistonda esa 42 million tonnani tashkil qiladi.

Davlat budjeti xarajatlarini bir yil ichida uchinchi marta oshirish ma’qullandi
15 dekabr 2021, 15:38

Davlat budjeti xarajatlarini bir yil ichida uchinchi marta oshirish ma’qullandi

Qonunchilik palatasi yil davomida uchinchi marta davlat budjeti xarajatlarini oshirishni ma’qulladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, eksport sohalarini qo‘llab-quvvatlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va boshqa sohalar uchun 2,2 trln so‘m ajratilmoqda. Tuzatishlar uch o‘qishdayoq qabul qilindi.

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilinmadi, kechiktirildi
15 dekabr 2021, 13:22

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilinmadi, kechiktirildi

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va yangi zamonaviy kutubxona qurilishi to‘g‘risidagi farmoyish bekor qilinmagani, aksincha, kreditor qarzdorlikni yopish maqsadida kechiktirilgani ma’lum qilindi. Biroq, viloyatning yangi hokimi Zoyir Mirzayev imzolagan farmoyishda sobiq hokimning qarorini bekor qilish haqida so‘z borgan edi.

Farg‘onada «Cobalt» bilan to‘qnashgan «Damas» haydovchisi mashina ichida yonib ketdi
15 dekabr 2021, 12:42

Farg‘onada «Cobalt» bilan to‘qnashgan «Damas» haydovchisi mashina ichida yonib ketdi

Marg‘ilonda «Damas» haydovchisi chapda burilish vaqtida to‘g‘ridan kelayotgan «Cobalt» mashinasini o‘tkazib yubormagani natijasida avariya sodir bo‘lgani aytilmoqda. Buning oqibatida esa «Damas» avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan va haydovchi mashina ichida vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting