Gonkongdagi Jahon savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘ldi

Gonkongdagi Jahon savdo markazidagi yong‘inda jabrlanganlar soni 14 kishiga yetdi. 300 ga yaqin odam binoda qamalib qolgani aytildi. Shu bilan birga, evakuatsiya allaqachon boshlangan, qutqaruvchilar 1269 kishini binodan olib chiqib ketgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ofislar va savdo markazi joylashgan osmono‘par binoni asosan do‘kon va restoranlarga tashrif buyuruvchilar band qilgan. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum.


KXDR asoschisi Kim Ir Senning ukasi vafot etdi

KXDR asoschisi va birinchi prezidenti Kim Ir Senning ukasi Kim Yon Chju 101 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shimoliy Koreya OAVlariga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, mamlakatning amaldagi rahbari Kim Chen In gulchambarlar jo‘natgan va Kim Yon Chju vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

Kim Yon Chju 1920 yilda tug‘ilgan va Kim Ir Sen hokimiyatga kelganidan keyin bir qancha rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Xususan, u Koreya mehnat partiyasining nufuzli tashkiliy bo‘limini boshqargan, biroq 1973 yilda uning o‘rniga Kim Ir Senning o‘g‘li Kim Chen Ir tayinlangan. 1993 yilda Kim Yon Chju siyosatga qaytdi va Siyosiy byuro a’zosi bo‘ldi. U 1998 yildan beri Oliy xalq assambleyasi (parlament) doimiy qo‘mitasi raisining faxriy o‘rinbosari lavozimini egalladi.


Braziliyada mer va deputat park taqdiri haqidagi bahsni ringdagi duel orqali hal qildi

Braziliyaning Borba shahri meri Simau Peyshoto va deputat Erineu da Silva shahar bog‘i taqdiri borasida o‘zaro kelishmovchiliklar tufayli MMA qoidalari bo‘yicha jang qildi, deb yozadi The Guardian.

Erineu da Silva merning daryo bo‘yidagi bog‘ni ushlab tura olmasligi haqida keskin gapirdi hamda u «axlat» va «firibgar» deb atagan siyosatchi bilan muammoni hal qilish istagini bildirdi. Bunga javoban Simau Peyshoto dushman bilan jang qilishga tayyorligini namoyish qilib, kaftini mushti bilan urgan videoni joylashtirdi.

Ba’zi saylovchilar bu xatti-harakatni Amazondagi shaharni boshqaradigan shaxs uchun nomaqbul deb hisoblashgan. Shunda mer de Silvani hakam va muxlislar ishtirokidagi jangga chorladi. Mushtlashuv mahalliy maktab sport zalida bo‘lib o‘tgan va jonli efirda namoyish etilgan. Jang 13 daqiqa davom etgan. Uch raund davomida shahar meri Simau Peyshoto ko‘plab zarbalar qabul qilib olgan bo‘lsada, ammo ochkolar hisobida g‘alaba qozongan.


Yaponiyada koronavirusning omikron shtammiga chalinishga doir 15 ta yangi holat aniqlandi

Yaponiyada koronavirusning omikron shtammini yuqtirishga oid 15 ta yangi holati aniqlandi, deb xabar berdi RIA Novosti. Ushbu shtammni tashuvchilar 7−12 dekabr kunlari xorijdan — AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Birlashgan Arab Amirliklari, Lesoto, Tanzaniya, Zimbabve va Kongodan kelgan. Ko‘pchilikda kasallikning alomatlari yo‘q, ammo isitma holatlari mavjud. 15 kishidan 11 nafari emlashning to‘liq kursini olgan, bir nafari emlanmagan, yana uch nafarida bu masalaga oydinlik kiritilmoqda.

Ushbu shtammga chalinganlikda Yaponiyaga etib kelgan samolyotlarning 1100 yo‘lovchisi gumon qilinmoqda. Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi ular 14 kunlik karantindan o‘tishini ta’kidlamoqda.