Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 16 dekabrdan kuchga kiradi.
- 1 AQSh dollari 14,85 so‘mga pasaydi va 10 830,15 so‘mni tashkil etmoqda;
- 1 Yevro 48,18 so‘mga pasaydi va 12 207,75 so‘m deb baholandi;
- 1 Rubl 0,64 so‘mga pasaydi va 146,74 so‘mga teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,71 so‘mga ko‘tarilib, 10 845 so‘mni tashkil etgandi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.