«Qizil kitob» ga kiritilgan jayron va quyonlarni ovlagan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

Qoraqalpog‘istonda to‘rt kishi «Qizil kitob» ga kiritilgan 14 ta jayron va 5 dona yovvoyi qo‘yonni ovlagani aniqlandi. Ular tabiatga 190 mln so‘mlik zarar yetkazgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryodagi qishloq hududida yer tagidan chiqayotgan tutun yuzasidan izoh berildi

Chiroqchi tumandagi Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘ida yer ostidan olov va tutun chiqayotgani haqidagi xabarlarga Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, ushbu holat yer ostida qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida yuzaga kelgan. Holat geologlar yordamida o‘rganilmoqda.

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilinmadi, kechiktirildi

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va yangi zamonaviy kutubxona qurilishi to‘g‘risidagi farmoyish bekor qilinmagani, aksincha, kreditor qarzdorlikni yopish maqsadida kechiktirilgani ma’lum qilindi. Biroq, viloyatning yangi hokimi Zoyir Mirzayev imzolagan farmoyishda sobiq hokimning qarorini bekor qilish haqida so‘z borgan edi.

Noyabrda aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari keskin oshdi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

Kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari mos ravishda 16,5 foiz va 15,6 foizgacha oshdi. Respondentlar yoqilg‘i narxlarining oshishi va so‘mning qadrsizlanishini umumiy narxlar darajasining kutilayotgan o‘sishiga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida keltirmoqda.

Davlat budjeti xarajatlarini bir yil ichida uchinchi marta oshirish ma’qullandi

Qonunchilik palatasi yil davomida uchinchi marta davlat budjeti xarajatlarini oshirishni ma’qulladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, eksport sohalarini qo‘llab-quvvatlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va boshqa sohalar uchun 2,2 trln so‘m ajratilmoqda. Tuzatishlar uch o‘qishdayoq qabul qilindi.

O‘zbekistonda 4 mln tonna radioaktiv chiqindilar yig‘ilib qolgan

Sovet Ittifoqi davridagi uran konlari faoliyati natijasida O‘zbekistonda 4 million tonna radioaktiv chiqindilar to‘planib qolgan. Bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 240 million, Qirg‘izistonda 132 million, Tojikistonda esa 42 million tonnani tashkil qiladi.

Termizdagi gumanitar yordam yuk mashinalarda Afg‘onistonga jo‘natildi

oktabr-noyabr oylarida Termizga yetkazilgan 40 tonnaga yaqin insonparvarlik yuki BMT Qochqinlar bo‘yicha agentligi tomonidan yuk mashinalarida Afg‘onistonga jo‘natildi.

Yaqin vaqt ichida umra safariga ruxsat berilishi mumkin — Musulmonlar idorasi

Yaqin vaqtlarda pandemiya boshlanishidan avval umra safari uchun pul to‘lab, navbatda turganlar va boshqa fuqarolar uchun ziyorat qilish imkoniyatlari yaratilishi mumkin. Bu bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari Saudiya Arabistoni muassasalari bilan muzokaralar olib borgan.

Askar Akayev Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasida so‘roq qilindi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Askar Akayev «Qumtor» ishi bo‘yicha guvoh sifatida Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga chaqirildi. So‘roq tafsilotlari oshkor qilinmadi.