“Hududgazta'minot” AJ va Bank Apelsin AJ o‘rtasida iste’molchilar tomonidan tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanganlik uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Bu kabi hamkorlik davr talabidir. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda tabiiy va suyultirilgan gazning 7,5 mlndan ortiq abonentlari mavjud. So‘nggi uch yil ichida gaz ta’minoti tizimi yangi rivojlanish darajasiga ko‘tarildi. Aholiga gaz yetkazib berish jarayonlarining ochiqligi va ishonchliligini ta’minlashga imkon beradigan raqamli texnologiyalar sohaga faol joriy etilmoqda.


O‘z navbatida iste’molchilar ham “zangori yoqilg‘idan” foydalanishda katta mas’uliyat seza boshladilar. Tabiiy va suyultirilgan gazni nazorat qilish va hisobga olishni avtomatlashtirishga qaratilgan loyihalarning amalga oshirilishi iste’mol qilingan yoqilg‘i uchun to‘lovlar o‘z vaqtida qilinishini ta’minlash va o‘zaro hisob-kitoblarda inson omiliga barham berishga imkon berdi.

To‘lov tizimlari gaz ta’minotchisi va iste’molchi o‘rtasida ishonchli munosabatlarni ta’minlashda eng muhim rollardan birini o‘ynaydi. Ularning imkoniyatlari tufayli fuqarolar o‘z uylaridan chiqmay turib, kunning istalgan vaqtida foydalanilgan yoqilg‘i uchun to‘lov qilishlari mumkin. Bugungi kunda gaz uchun to‘lovlarning 80% onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.


Iste’molchilar uchun qo‘shimcha qulayliklarni yaratish maqsadida “Hududgazta'minot” AJ va Bank Apelsin AJ o‘rtasida Apelsin mobil ilovasi orqali to‘lovlarni qabul qilish xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan shartnoma imzolandi. Ushbu servis orqali bir nechi soniyalar ichida ishlatilgan tabiiy yoki suyultirilgan gaz uchun to‘lovni amalga oshirishingiz hamda shaxsiy hisob raqamingiz holati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.


Gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash uchun “Hududgazta'minot” AJ hamkori sifatida Bank Apelsin AJ tanlangani bejiz emas. Ushbu bank qulay va ommabop to‘lov xizmatlaridan biriga va katta mijozlar bazasiga ega. Google Play va App Store ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 1,5 milliondan ortiq kishilar Apelsin ilovasidan foydalanib kelmoqda. Bundan tashqari, Apelsin “Mening uyim” tizimini joriy etgan bo‘lib, u yerda siz barcha kommunal xizmatlarni bir joyda to‘plashingiz va guruhlashingiz mumkin.


Ilovaning bunday qulay funksiyalari iste’molchilarga gaz va boshqa kommunal to‘lovlar uchun qarzlar va oldindan to‘lovlar haqida xabardor bo‘lib turish imkonini beradi, chunki ushbu bo‘lim to‘lovlaringiz va iste’molingiz o‘rtasidagi vaziyatni real vaqt rejimida aks ettiradi va o‘zgartiradi. Hozirgi vaqtda ushbu servisdan Android, iOS platformalari, internetga kirolmaydigan telefonlar uchun *799# USSD-komandasi orqali foydalanish mumkin, shuningdek xizmatning web-versiyasi ham mavjud.

“Hududgazta'minot” AJ va Bank Apelsin AJ o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumi hamkorlikni mustahkamlash, iste’molchilarning to‘lov intizomini va mamlakat aholisiga “zangori yoqilg‘ini” o‘z vaqtida yetkazib berishni yangi sifat darajasiga olib chiqishga imkon yaratadi.

Reklama huquqlari asosida.