FIDE o‘smirlar o‘rtasida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi shohsupaga ko‘tarildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Gretsiyaning Rodos shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada dunyoning 40 davlatidan 330 nafardan ortiq yosh shaxmatchi ishtirok etdi.

16 yoshgacha bo‘lgan qizlar guruhlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Umida Omonova (16 yosh) 8 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Foto: Sport vazirligi.

Yana bir o‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Humoyun Bekmurodov (12 yosh) 9 ta imkoniyatda 7,5 ochko to‘plab, Open12 musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Foto: Sport vazirligi.

O‘zbekistonning yana bir vakili Almas Rahmatullayev esa Open16 musobaqasida 9ta imkoniyatdan 5 ochko to‘pladi.

Foto: Sport vazirligi.