O‘zbekistonlik shaxmatchilar Gretsiyaning Rodos shahrida rapid va blits yo‘nalishi bo‘yicha FIDE yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini ikkita oltin, ikkita kumush medallar bilan yakunladi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi ma’lum qildi.


Bundan oldiroq rapid yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritgan Umida Omonova blits yo‘nalishida ham 9ta imkoniyatdan 8,5 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi.

Shu tariqa, Gretsiyada Omonova Umida «16 yoshgacha bo‘lgan qizlar» guruhida ham rapid, ham blits bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.

Blits yo‘nalishi bo‘yicha Humoyun Bekmurodov 9ta imkoniyatdan 7 ball jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallab, o‘zining «Open12» guruhining ham rapid, ham blits bahslarida kumush medal sohibiga aylandi.


Blits yo‘nalishida yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Almas Rahmatullayev «Open16» guruhida 4-o‘rinni egalladi.