Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari o‘rtasidagi fuqarolarning ushbu mamlakatlarda bo‘lib turish qoidalarini yengillashtirish bo‘yicha kelishuvlarini ratifikatsiya qildi, deya xabar berdi Kreml matbuot xizmati.

Hujjatga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasiga kiruvchi O‘zbekiston fuqarolari hamda O‘zbekistonga kiruvchi rossiyaliklar, mamlakatga kirgan kunlaridan boshlab 15 kun davomida ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod qilinadilar (amaldagi tartibga ko‘ra 7 kun davomida ro‘yxatdan o‘tish kerak).

Bu haqda tegishli kelishuvlar O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida 2021 yilda imzolangan edi.