6−8 may kunlari Toshkent shahar hokimligi Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaning orqa maydonida Tashkent Flower fest tadbirini o‘tkazadi.

Ushbu tadbirni bezash uchun 1 milliondan ortiq tirik va 800 mingdan ortiq sun’iy gullardan foydalaniladi, deyiladi hokimlik xabarida.

Maydonda ulkan daraxtlar — yapon sakurasi, Madagaskar baobabi va o‘zbek chinorining sun’iy nusxalari to‘liq o‘lchamda, shuningdek «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida qad ko‘targan stela shaklidagi minora ham o‘rnatilib, namoyish etiladi.

Festival hududida bolalar uchun ko‘ngilochar maskanlar, fudkortlar, ko‘plab foto va selfi uchun maydonchalar tashkil etiladi. Bundan tashqari, xonadon va landshaft o‘simliklari va dala-hovli mebel jihozlarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.