Gidrometeorologiya markazi 3−4 may kunlari O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududidan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi haqida xabar bergan edi.
Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
3−4 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, 4 mayda esa Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarning tog‘oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
3−4 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17−22 metrgagacha kuchayadi. Bugun ba’zi joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Kunduz havo harorati +22…+25 daraja iliqgacha pasayadi.
3−5 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.
4 may uchun ob-havo prognozi
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 4 may kuni O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7−12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17−22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +7…+12, kunduzi +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi +15…+17, kunduzi +23…+25 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi +10…+15, kunduzi +23…+28 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi +12…+17 daraja iliq, kunduzi +25…+30 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi +12…+17, kunduzi +22…+27 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi +15…+20 daraja iliq, kunduzi +25…+30 daraja issiq bo‘ladi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi +14…+19, kunduzi +22…+27 daraja iliq bo‘ladi.