3 may kuni Rossiyaning Moskva viloyati Mitishi shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in tufayli 2 o‘zbekistonlik vafot etdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Agentlikning Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari tegishli tashkilotlar vakillari bilan tezkor aloqa o‘rnatdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in sigareta qoldig‘i o‘chirilmagani natijasida kelib chiqqan.

Xonadon egasi 4-qavatdan sakrab, olgan jarohati natijasida va yana 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi liftda havo yetishmasligi natijasida vafot etgan.

Hozirda holat nazoratda ekani aytildi.

Ma’lum qilinishicha, vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada rasmiy mehnat faoliyatini amalga oshirib kelgani sababli ularning jasadlari Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan vatanga qaytariladi.