Nukus voqealari bo‘yicha sudda jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlar so‘roq qilinmoqda
5 dekabr 2022, 14:46

Nukus voqealari bo‘yicha sudda jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlar so‘roq qilinmoqda

Dushanba kuni Nukus voqealari bo‘yicha sud o‘z ishini davom ettirmoqda. Oliy sud xabariga ko‘ra, sud ishining 6-kunida 1−2 iyuldagi voqealar oqibatida jabrlanganlar, qolaversa, fuqaroviy da’vogarlar so‘roq qilinmoqda.

Kuchli qor tufayli Samarqand aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi
5 dekabr 2022, 13:21

Kuchli qor tufayli Samarqand aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi

Samarqand aeroportida dushanba kuni soat 13:00 ga qadar ob-havoning yomonlashuvi munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish va qo‘yib yuborishga cheklov joriy etildi.

Semurg Insurance fermerlarga har qanday ob-havo sharoitida ham daromad olishga yordam beradi
5 dekabr 2022, 13:00

Semurg Insurance fermerlarga har qanday ob-havo sharoitida ham daromad olishga yordam beradi

Bugungi kunda Semurg Insurance kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga bog‘ va uzumzorlarni sug‘urtalashning o‘ziga xos dasturini taklif qilib, xalqaro sug‘urta amaliyotini joriy etmoqda.

Hafta davomida sovuq ob-havo kuzatiladi
5 dekabr 2022, 12:10

Hafta davomida sovuq ob-havo kuzatiladi

Seshanba kunidan O‘zbekistonning aksariyat hududlarida qor yog‘ishi to‘xtaydi, ammo sovuq ob-havo butun hafta davomida saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati −3…+2 daraja, kechasi −3…−8, shimolda ba’zi joylarda −20 darajagacha bo‘ladi. Joylarda tuman tushib, yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.

Tajimuratov — qiynoqlar, Nukusdagi namoyishlar va ayblov moddalari haqida
5 dekabr 2022, 11:51

Tajimuratov — qiynoqlar, Nukusdagi namoyishlar va ayblov moddalari haqida

Dauletmurat Tajimuratov ko‘rsatuvining yakuniy qismi va so‘roq vaqtida Nukusda tazyiqqa uchragani, Urganchda esa qiynoqqa solinmagani, tanqid «uning yo‘nalishi» ekani hamda O‘zbekiston uchun yuragi og‘riyotganini aytdi.

O‘zbekistonda talabalar uchun 15 kunlik qishki ta’til beriladi
5 dekabr 2022, 11:30

O‘zbekistonda talabalar uchun 15 kunlik qishki ta’til beriladi

Talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun 2022 yilning 26 dekabridan 2023 yilning 9 yanvariga qadar qishki ta’til beriladi. Mazkur belgilangan tartib nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

O‘zbekistonda bir kunda 153 kishi kovid yuqtirib oldi
5 dekabr 2022, 11:26

O‘zbekistonda bir kunda 153 kishi kovid yuqtirib oldi

O‘zbekistonda 4 dekabr, yakshanba kuni rasman 153 kishi (shanba kuni — 162 kishi)da koronavirus aniqlandi. Eng ko‘p bemorlar, doimgidek, poytaxtda qayd etildi.

Andijonda maktab stadioni o‘rnida qurilayotgan bino buziladi
5 dekabr 2022, 11:16

Andijonda maktab stadioni o‘rnida qurilayotgan bino buziladi

Tarmoqlarda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 13-maktab stadioni buzilayotgani aytilgan xabar tarqaldi. «O‘zbekistonda maktabning yeriga ko‘z olaytirish — jinoyatku!», deyiladi xabarda. Keyinchalik viloyat hokimligi sud qaroriga asosan stadiondagi qurilishi tugallanmagan bino buzilishini ma’lum qildi.

JCH-2022: Chorak finalda Fransiya va Angliya to‘qnash keladigan bo‘ldi
5 dekabr 2022, 10:33

JCH-2022: Chorak finalda Fransiya va Angliya to‘qnash keladigan bo‘ldi

JCH-2022`ning 15-kunida nimchorak finali doirasida Fransiya — Polsha hamda Angliya — Senegal uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahslarda Fransiya va Angliya terma jamoalari o‘z raqiblaridan ustun kelib, chorak finalda o‘zaro kuch sinashadigan bo‘lishdi.

O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov tavalludining 75 yilligi keng nishonlanadi
5 dekabr 2022, 10:16

O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov tavalludining 75 yilligi keng nishonlanadi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov tavalludining 75 yilligi keng nishonlanadi. Dekabrda uning xotira kechasi o‘tkaziladi, hayoti va faoliyati haqida hujjatli film yaratiladi, kitob-albom ham chop etiladi. Qolaversa, Musa Yerniyazov yashagan xonadonda yodgorlik lavhasi o‘rnatiladi.

Avtobuslar qatnovida oraliq interval cho‘zilishi mumkin — Toshshahartransxizmat
5 dekabr 2022, 10:00

Avtobuslar qatnovida oraliq interval cho‘zilishi mumkin — Toshshahartransxizmat

Poytaxtda havo sovuq, qor yog‘ib, avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lgan. «Toshshahartransxizmat» AJ haydovchilardan zarur bo‘lmasa shaxsiy mashinada yurmaslikni so‘radi. Piyodalar yo‘ldan kesib o‘tayotganda ehtiyot bo‘lishi aytildi. Ayrim avtobuslarning kelish vaqti ham cho‘zilishi mumkin.

Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
5 dekabr 2022, 09:53

Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

5 dekabr kuni 07:07 da Andijon viloyatida yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri Asaka tumanida bo‘lib, 3,4 magnitudani tashkil etdi.

Nukus voqealari bo‘yicha sud jonli efiri vaqtincha to‘xtatiladi
5 dekabr 2022, 00:00

Nukus voqealari bo‘yicha sud jonli efiri vaqtincha to‘xtatiladi

Nukus voqealari yuzasidan sud majlisidan onlayn translyatsiya muzokaralar jarayoniga qadar to‘xtatildi. Bu guvohlar so‘roq qilinishi bilan bog‘liq, chunki guvohlar bir-birining ko‘rsatuvlarini eshitmasligi lozim.

«Nima uchun yo‘q gazga pul to‘layapmiz?» Toshkentdagi mahallada «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tushib ketdi
4 dekabr 2022, 23:49

«Nima uchun yo‘q gazga pul to‘layapmiz?» Toshkentdagi mahallada «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tushib ketdi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Temuriylar» mahallasida «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tushib ketgani aytilmoqda. Tuman gaz xodimlari esa gaz kelishini aytib, ish vaqtidan keyin qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti. Toshkentdagi shoxobchalar oldida esa ichki ishlar xodimlari navbatchilik qilishni boshladi.

Toshkentda aholi xonadonlarini gaz bilan ta’minlash uchun «zapravka»lar yopiladi
4 dekabr 2022, 22:50

Toshkentda aholi xonadonlarini gaz bilan ta’minlash uchun «zapravka»lar yopiladi

Havo keskin pasayishi ortidan shaharning ayrim hududlarida gaz va issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti. Kommunal xizmatlar gaz zaxirasini barcha iste’molchilarga teng taqsimlashga urinmoqda, biroq resurslar yetishmayapti. Shu bois gaz «zapravka»lar vaqtincha yopiladi, deya ma’lum qildi poytaxt hokimligi.

«Qizil yo‘lakka o‘ting». Qamchiq dovonida qizil va yashil yo‘lak tizimi ishga tushirildi
4 dekabr 2022, 18:10

«Qizil yo‘lakka o‘ting». Qamchiq dovonida qizil va yashil yo‘lak tizimi ishga tushirildi

1 dekabrdan boshlab yashil va qizil yo‘lak tamoyili Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» yo‘l-patrul xizmati statsionar postida joriy etildi. Endi to‘lanmagan jarimasi bor, ortiqcha yukli, sug‘urta polisi muddati tugagan va boshqa kamchiliklari bor avtomobil haydovchilari Qamchiq dovonidan harakatlana olmaydi.

Toshkentda Lacetti 6 piyodani urib yubordi, 2 kishi vafot etdi
4 dekabr 2022, 15:35

Toshkentda Lacetti 6 piyodani urib yubordi, 2 kishi vafot etdi

Toshkentning Uchtepa tumanida Lacetti katta tezlikda Nexia-3 bilan to‘qnashib, so‘ngra 6 piyodani urib yubordi. Oqibatda ulardan 2 nafari vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni bir kunda 160 nafardan oshdi
4 dekabr 2022, 12:01

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni bir kunda 160 nafardan oshdi

Shanba kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 162 nafarni tashkil etdi. Bu 21 fevraldan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Navoiyda anomal sovuq havo kuzatilmoqda
4 dekabr 2022, 11:58

Navoiyda anomal sovuq havo kuzatilmoqda

O‘zgidromet Navoiy viloyatning shimoliy hududlarida anomal sovuq havo kuzatilayotganini ma’lum qildi. Xususan, Uchquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahrida −11…−14 daraja, Shimoliy Qizilqum hududlarida esa −20…−23 daraja sovuq harorat qayd etildi.

Qashqadaryoda yupun kiyingan o‘quvchi qizlar kechki tadbirga jalb qilindi
4 dekabr 2022, 11:18

Qashqadaryoda yupun kiyingan o‘quvchi qizlar kechki tadbirga jalb qilindi

Shahrisabzda o‘quvchi qizlar yupun kiyingan holda hokimiyatning kechki tadbiriga jalb qilindi. XTV holatni hududdagi har bir mutasaddining aybi deya hisobladi. Shahar hokimligi esa qizlar ota-onalarning taklifi bilan tadbirda raqs tushganini bildirib, bu ularga «achchiq saboq bo‘lganini» ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting