O‘zgidromet markazi hafta davomida — 5 dekabrdan 9 dekabrgacha bo‘lgan davrdagi ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Dushanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kunduzi −3…+2 daraja, shimolda −4…−9 daraja bo‘ladi.
Seshanba kuni faqat respublikaning sharqiy hududlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kechasi va kunning birinchi yarmida qor yog‘adi. Havo harorati kechasi −5…−10 daraja, kunduzi −3…+2 daraja, respublikaning shimoliy hududlarida kechasi −13…−15 daraja, ba’zi joylarda -20 darajagacha, kunduzi −4…−9 daraja atrofida bo‘ladi.
So‘ng ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning janubi-sharqiy hududlarida, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 7−8 dekabr kunlari ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.
Havo harorati kechalari −3…−8 darajani, ba’zi joylarda −10 darajagacha, kunduz kunlari −3…+2 darajani, respublikaning shimoliy hududlarida kechasi −8…−13 darajani, ba’zi joylarda −15…−20 darajani, kunduz kunlari −2…−7 darajani tashkil etadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi, yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
O‘zgidromet issiqroq kiyinishni, shuningdek yo‘llarda ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya etadi.