O‘zbekiston energetika sohasi rahbarlariga hayfsan berildi
7 dekabr 2022, 21:09

O‘zbekiston energetika sohasi rahbarlariga hayfsan berildi

Ishdagi kamchiliklar va O‘zbekiston energetika tarmog‘ida cheklashlar kiritish tartibini buzganlik uchun «Milliy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisi, «Hududiy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, Qashqadaryo HETK filiali direktori va «Toshshaharnur» DUK rahbariga hayfsan berildi.

Pastdarg‘omdagi manzil-koloniyada mahkum vafot etdi
7 dekabr 2022, 20:40

Pastdarg‘omdagi manzil-koloniyada mahkum vafot etdi

Pastdarg‘om tumanidagi 37-son manzil-koloniyada ikki mahkumning janjallashishi oqibatida ulardan biri vafot etdi. IIV huzuridagi JIED axborot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 6 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Hozirda prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Shokoladka», «Artel zavodi» va «Alisher Usmonov». Toshkentliklar yangi metro bekatlariga qanday nom berishni taklif qilmoqda?
7 dekabr 2022, 20:17

«Shokoladka», «Artel zavodi» va «Alisher Usmonov». Toshkentliklar yangi metro bekatlariga qanday nom berishni taklif qilmoqda?

Toshkent hokimligi ko‘cha, mahalla va boshqa obyektlarga nom berish bo‘yicha aholi takliflarini qabul qilish uchun maxsus saytni ishga tushirdi. Unda 11 dekabrgacha yangi metro bekatlari nomini taklif qilish mumkin. Takliflar qanday mezonlarga javob berishi kerak, ovoz berish qanday o‘tadi va boshqalar haqida.

«Shamda o‘tirsang ham uyingda o‘tir, IIB kamerasida emas» degan namanganlik deputatning vakolatlari tugatildi
7 dekabr 2022, 19:26

«Shamda o‘tirsang ham uyingda o‘tir, IIB kamerasida emas» degan namanganlik deputatning vakolatlari tugatildi

Namangan shahar kengashi deputati qamalmaganlargina gaz va elektr muammolaridan noliyotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, qamoqda bo‘lganlar erkinlik va tinchlikning qadriga ko‘proq yetadi, ular uchun «gaz-svet muammosi ahamiyatsiz». Bu post sabab ko‘tarilgan shov-shuvlar ortidan uning deputatlik vakolati tugatildi.

Air Arabia Abu-Dabidan Toshkentga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
7 dekabr 2022, 19:21

Air Arabia Abu-Dabidan Toshkentga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

7 dekabr kuni BAAning Air Arabia kompaniyasi «Abu-Dabi — Toshkent — Abu-Dabi» yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni amalga oshirdi. Aviakompaniya parvozlarni yo‘lga qo‘yish uchun 2020 yilning sentabrida ruxsatnoma olgan edi. Mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar Airbus-320−214 havo kemalarida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Afg‘onistondagi temir yo‘l liniyasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘ldi
7 dekabr 2022, 18:17

O‘zbekiston Afg‘onistondagi temir yo‘l liniyasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘ldi

Qozog‘istonga tegishli kompaniya Afg‘onistondagi Hayraton — Mozori Sharif temir yo‘lini boshqarish huquqiga ega chiqdi. Uning boshqaruvi 2011 yildan beri «O‘zbekiston temir yo‘llari» sho‘ba korxonasida edi. Yangi kompaniya avvalgidan 5 baravar uzunroq liniyaga deyarli 4 baravar arzonroqqa xizmat qiladi.

O‘zbekistonda yanvardagi kabi «blekaut» kuzatilishi mumkinmi?
7 dekabr 2022, 17:02

O‘zbekistonda yanvardagi kabi «blekaut» kuzatilishi mumkinmi?

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov elektr iste’moli oshishi hisobiga mamlakatda yana takroran «blekaut» bo‘lish xavfi bor-yo‘qligi haqida gapirdi. Vazir bunday xavf doim mavjudligini ta’kidlab, «agar cheklovlar kiritilmasa, bu energiya tizimi izdan chiqishiga olib kelishi» mumkinligi haqida ogohlantirdi.

O‘zbekiston tarixida ilk bor 400 ga yaqin mahkum afv etildi
7 dekabr 2022, 17:02

O‘zbekiston tarixida ilk bor 400 ga yaqin mahkum afv etildi

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan prezident farmoniga ko‘ra mamlakat tarixida ilk bor 400 ga yaqin mahkum afv etildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Asialuxe Travel Maldiv orollari borasidagi besh stereotip haqida so‘zlab berdi
7 dekabr 2022, 17:00

Asialuxe Travel Maldiv orollari borasidagi besh stereotip haqida so‘zlab berdi

Milliy turoperator Maldivdagi hamyonbop o‘yin-kulgilar, turpaketlar narxi haqida so‘zlab berdi va nima uchun orollar xavfsiz dam olish joyi ekanligini tushuntirdi.

«Qandaydir alyans yoki ittifoq emas, balki shartnoma orqali». Energetika vaziri — gaz importi haqida
7 dekabr 2022, 16:56

«Qandaydir alyans yoki ittifoq emas, balki shartnoma orqali». Energetika vaziri — gaz importi haqida

O‘zbekistonda energiya resurslari tanqisligi tashqi omillar bilan emas, balki ichki iste’mol va iqtisodiyotning o‘sishi bilan bog‘liq, dedi energetika vaziri. Mamlakat qo‘shnilardan gazni «qandaydir alyans yoki ittifoq» orqali emas, balki tijorat shartnomasi doirasida import qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekat yana ishga tushdi
7 dekabr 2022, 16:19

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekat yana ishga tushdi

6 dekabrdan «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekat yana ishga tushdi. U 21 noyabr kuni «Qo‘yliq» dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning qolip konstruksiyalarini demontaj va montaj ishlari sabab yopilgandi.

Davlat xizmatiga o‘tgan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha tartib ishlab chiqildi
7 dekabr 2022, 15:34

Davlat xizmatiga o‘tgan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha tartib ishlab chiqildi

Davlat xizmatiga qabul qilingan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Bu bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Ko‘chmas mulk va avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji kamaytirildi
7 dekabr 2022, 14:38

Ko‘chmas mulk va avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji kamaytirildi

6 dekabrdan boshlab mol-mulkni ijaraga berish, qarz shartnomalarini tasdiqlash, avtomobilni boshqarish uchun ishonchnoma olishda to‘lanadigan davlat boji miqdori kamaytirildi. Shuningdek, garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun tabaqalashgan davlat boji yagona stavka miqdorida belgilandi.

9−12-dekabr kunlari O‘zbekistonda anomal sovuq harorat bo‘lishi kutilmoqda
7 dekabr 2022, 13:38

9−12-dekabr kunlari O‘zbekistonda anomal sovuq harorat bo‘lishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” markazi 9−12-dekabr kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida anomal past harorati bo‘lishini ma’lum qildi. 9−10 dekabrda shimolda havo harorati -24 darajagacha pasayishi mumkin.

To‘rtta viloyatda katta miqdorda pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
7 dekabr 2022, 12:27

To‘rtta viloyatda katta miqdorda pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent, Andijon, Buxoro va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda jami narxi 200 mln so‘mdan ziyod pirotexnika vositalarining savdosi aniqlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan tegishli moddalar bilan ish ochildi.

Farg‘ona vodiysida gaz «zapravka»lar faoliyati to‘xtatildi
7 dekabr 2022, 12:16

Farg‘ona vodiysida gaz «zapravka»lar faoliyati to‘xtatildi

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga tabiiy gaz ehtiyoji ortgani bois gaz «zapravka»lar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Samarqandda pogonini o‘zi yulib, ayol kishini qasddan ayblashga uringan IIB xodimi jazosiz qoldi
7 dekabr 2022, 12:13

Samarqandda pogonini o‘zi yulib, ayol kishini qasddan ayblashga uringan IIB xodimi jazosiz qoldi

Samarqandda IIB xodimi pogonini o‘zi yulib, ayol kishini qasddan ayblashga uringandi, sud ham buning uchun ayolga chora ko‘rgandi. IIV o‘z xodimiga nisbatan hujjatlarni prokuraturaga yuborgandi. «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, IIB xodimlarining harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmagan.

Qarshida bolani urib ketgan Cobalt qidirilmoqda
7 dekabr 2022, 11:37

Qarshida bolani urib ketgan Cobalt qidirilmoqda

Qarshi shahrida Cobalt piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan voyaga yetmagan fuqaroni urib yubordi. Haydovchi yo‘lovchiga yordam ko‘rsatmay voqea joyidan qochib ketgani aytilmoqda. Jabrlanuvchi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Hozirda viloyat miqyosida avtomashinani qidirib topish ishlari olib borilmoqda.

Benzin narxini sun’iy oshirgan AYoQSHlarga chora ko‘riladi — Antimonopoliya qo‘mitasi
7 dekabr 2022, 11:15

Benzin narxini sun’iy oshirgan AYoQSHlarga chora ko‘riladi — Antimonopoliya qo‘mitasi

Birja savdolaridagi benzin narxi o‘sishi 10 kundan keyin AYoQSHlardagi narxlarga ta’sir qilishi mumkin. Biroq ayrim hududlarda allaqachon Ai-80 benzini narxi oshmoqda. Antimonopoliya qo‘mitasi benzinga talab oshgan vaqtda narxni asossiz oshirayotgan AYoQSHlarga tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

Toshkent shahrining o‘zida 100 nafardan ortiq bemor koronavirusga chalindi
7 dekabr 2022, 10:18

Toshkent shahrining o‘zida 100 nafardan ortiq bemor koronavirusga chalindi

6 dekabr, seshanba kuni O‘zbekistonda 157 (bir kun avval 120) kishida koronavirus aniqlanib, ularning 106 nafari Toshkent shahrida qayd etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting